«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

me’yoriy-texnik sektor 
- intellektual va sanoat mulkini patentlash va 
huquqiy himoya qilish, bozorda korxona mahsulotlarini raqobat kurashida 
ustunlikka erishishiga doir tavsiyalar berish. 

axborotni tayyorlashning tahliliy-sintetik sektori 
- axborot tahlili va 
xujjatli axborotlar sintezi: xujjatlarni o’rganish, ulardan eng muhimlarini ajratish, 
tashqi muhitga tarqatish u yoki bu shaklda umumlashtirilgan natijalarni tayyorlash. 

axborot resurslari sektori 
- axborot resurslarini yig’ish, tizimga keltirish 
va turkumlash; rahbar xodimlar uchun turli xil mavzulardagi axborotlarni 
tayyorlash. 
Ko’rsatilgan vazifalar belgilangan tuzilmalarni ajratish orqali detallashtirilishi 
mumkin. Bayon etilgan model yuqori texnologiyalar bozorida faoliyat 
ko’rsatadigan keng xizmat ko’rsatish doirasiga ega bo’lgan yirik korxonalarga 
mo’ljallangan. 
Shunday qilib, firma innovatsiya boshqaruvining nazariy modeli o’ziga 
quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: 

ratsionalistik

innovatsion 

strategik 

tashkilotchilik madaniyati 

gumanitar

analitik informatsiyalashgan 

antikrizis 

xodimlarni boshqarish


143 
Sifatni boshqarishga zamonaviy yondashishning mohiyati «iste’molchilar 
talabini qondirish» so’zi orqali ifodalanishi mumkin.
Bu lozung odatiy bo’lmagan tarkibga ega: 
bunga ko’ra mijoz bu nafaqat oxirgi iste’molchi balki ishlab chiqarish 
jarayonining har bir ishtirokchisi hisoblanadi. Boshqa so’z bilan aytganda, har bir 
ishchining asosiy vazifasi bo’lib, texnologik jarayonning keyingi ishtirokchisi 
talablariga to’g’ri keladigan mehnat sifatiga erishish hisoblanadi. Sifatni 
boshqarishning bunday falsafasiga rioya qilish oxirgi iste’molchining talabini to’la 
qondirish imkonini beradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, 
mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash tizimli yondashuv usulining asosi 
bo’lib hisoblanadi. 
Marketing tadqiqotlari asosida tizimli yondashishni qo’llandan oldin tovar va 
xizmatlarning chiqish parametrlari tuziladi, ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday 
sifatda, qanday xarajatlar bilan, kimga va qanday narxlarda sotish kabilar. 
Meyorlar bo’yicha tovar chiqishi raqobatbardosh bo’lishi lozim. 
Keyin esa kirish parametrlari ya’ni jarayon uchun qanday resurs va axborotlar 
kerakligi aniqlanadi. 
Resurs va axborotlarga talab tashkiliy - texnik va ishlab chiqarishning 
ijtimoiy darajasi: texnik darajasi, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, 
personalni boshqarish va tashqi muhit parametrlarini o’rganishdan keyin 
bashoratlanadi. 
Bunday holatda tovarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun: 

marketing tadqiqotlarining natijalari tovar etkazib berish vaqtiga eng 
so’ngi yangiliklarni ta’minlab berishi kerak; 

«kirish» tizimining a’lo sifatda bo’lishi; 

tashkiliy-texnik va ijtimoiy tizimlar sifatli «chiqish»da sifatli «kirish» 
tizimlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo’lishi kerak. 
«Chiqish» tizimining yuqori sifatini ta’minlash uchun birinchi navbatda 
«kirish» tizimini yuqori sifatini ta’minlash kerak. 
Keyin esa tashqi muhit va jarayonlarning yuqori sifatini ta’minlash kerak. 
Agar «kirish» sifati korxonada qoniqarli bo’lsa (korxona texnologiyasi, kadrlari, 
jihozlari), u xolda «chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi. 
Agar «kirish» sifati a’lo bo’lib, jarayon sifati qoniqarli bo’lsa, u xolda 
«chiqish» sifati ham qoniqarli bo’ladi, ya’ni «chiqish» sifatining bahosi undan 
oldingi elementlarning eng past bahosiga teng bo’ladi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin