144
Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:
rejalashtirish va
istiqbolni belgilashda;
yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;
normativ (me’yoriy) xujjatlarni ishlab chiqishda;
mahsulot sifatini nazorat qilishda;
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va xokazo xollarda
vujudga keladi.
Sifatli tovar deganda,
uning mustahkamligi,
chidamliligi, iste’mol
xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtiril-ganlik va takomillashtirilganlik
darajasi, tayyorlanish texnolo-giyasi va boshqalarni o’zida
jam etgan tovar
tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum
ijtimoiy ehtiyojning mazkur
iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo
ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada
namoyon bo’ladi.
Xom ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:
materiallar sarfi normalarining kamayishida;
unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;
pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;
mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.
Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:
mehnat unumdorligini oshishida;
mashinalar
chidamliligini uzayishida;
zahiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida;
ta’mir talab mashinalar sonining kamayishida;
kapital sarflarga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va xokazo.
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
ishlab chiqarish vositalari sifati;
xom ashyo, materiallar sifati;
ishlovchilarning,
malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi,
tashabbuskorligi,
izlanuvchanligi va ijodiy yondashuvi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san’ati.
Dostları ilə paylaş: