Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi.