Ijtimoiy pedagogika kursining maqsadi ijtimoiy pedagogik metodlari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə1/2
tarix15.10.2023
ölçüsü29,25 Kb.
#155611
  1   2
ijtimoiy pedagogika kursining maqsadi ijtimoiy pedagogik metodlari

IJTIMOIY PEDAGOGIKA KURSINING MAQSADI IJTIMOIY PEDAGOGIK METODLARI


Reja:
1. Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari.
2. Ijtimoiy pedagogikaning tarkibiy qismlari.
3. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari.
4. Ijtimoiy pedagogika fanining tadqiqotmetodlari.
Foydalanilgan adabiyotlar

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin.


Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi. Etika va ijtimoiy pedagogika.
Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji, faoliyat yuritishi, shakllanish qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi. Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi 6 va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi. Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi.
Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish; Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga ko‘ra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi. Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratishi lozim: - falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash; - bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish; - bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish; 7 - ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, ommalashtirish; - u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ; - bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish; - ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish; Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan iborat.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi - falsafa, etika, ijtimoiy va pedagogikalarning uyg‘unlashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi; inson qiyofasini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab asoslaniladi va boshqalar. Ijtimoiy tarbiya satsiologiyasi - ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi.
Umuman olganda ijtimoiy tarbiya satsiologiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi - ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi - guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. Ijtimoiy tarbiya uslubiyati - ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning inson mablag‘iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumki, har bir fanni mazkur fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushunchavoqey olamni bilish jarayonida yuzaga keladi. Voqeylik o‘zgaruvchan bo‘lganligi tufayli tushunchalar ham dinamik tarzda o‘zgarish va rivojlanish harakteriga ega. Boshqacha qilib aytganda tushunchalar tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashishadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yirik nazariy va amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari “ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi. Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurishturish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin.
Faqat ular bu darajani hayot davomida egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bolalar avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda 8 u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni “ijtimoiy ta’lim” deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib kelingan.
Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni ifodalaydi. Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir. Darhaqiqat, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlar (bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar)ni qamrab oladi. Ularning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam ko‘rsatishning o‘zaro munosabati jarayonida yaratiladi. Guruh (jamoa)larda ijtimoiy tajribani tashkil qilish esa ularning hayotiy faoliyatini yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bunda guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatni rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurishturish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, ko‘nikish, shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini aniqlab olish birligidir. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda ko‘maklashish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirish, uning jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘zo‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat esa uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir.
Umuman olganda o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib uning mazmuni, harakteri tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Ijtimoiy pedagogika o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tadqiqot metodlaridan keng ko‘lamda foydalanadi; - umummantiqiy metodlar (analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, loyihalash) - umumpedagogik metodlar (kuzatish, suxbat; tajriba; manbalarni o‘rganish; qayta ishlash, umumlashtirish) - xususiy pedagogik - psixologik metodlar (individual va guruhiy o‘rganish, xurmatlash, tushuntirish, ijobiy fazilatlarga tayanish, ijtimoiy fikrlarni hisobga olish, tashxislash ekspert xulosalarini hisobga olish); - tarixiy metodlar tarixiy qiyoslsh, genetika, strukturaviy (alohida belgilar, shartli guruhlar) tarixiy manbalarni o‘rganish; - sotsiologik metodlar ( anketa, so’rovnoma, intervyu olish, sotsiometrik, biografik, monitoring, test topshiriqlari, modellashtirish); - matematik – statistik (taxlil, natijalarni qayd etish, tekshirish).
1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari.
Fan bilimlar tizimi, uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar-mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta xosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamntal «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan tushunchalar hosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topali. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajiratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, kaysi mezonlar asil o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. Sung u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va k.aysi tushunchalar o‘ziniqiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyhalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoiylashuv), «jamiyat». Uning asil mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o‘qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika asl mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi.
2 Ijtimoiy pedagogika prinsiplari.
«prinsip» so‘zi lotincha so‘zidan xosil bo‘lgan «asos», «boshlanish»ni bildirali. har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan koidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanlar prinsip va koidalar bizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks xolda pedagogik faoliyat befoyda, balki zararli ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chikdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchu asos bo‘lib xizmat qiladi. Birok, shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xim olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izoxlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada Ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmokda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortik) karamay O‘z bekistonda bu fan endi o‘z ining birinchi kadamlarini kuymokda. Biz 3 ta prinsipni ko‘rib chiqamiz: tarbiya’ning tabayatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiya’ning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
A). Tarbiya’ning tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Tarbiya’ning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabbiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiya’ning tarbiyaga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy krnunlariga buysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nnsbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga. Bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan xolda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va ko‘radi. Komenskiydan ancha ilgari Shark; uygonish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali Ibin Sino (980-1037) o‘z asarlarila tarbiya’ning tabiatta uytun bo‘lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yolg‘on hislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqsiz insonni tarbiyalomoqchi bo‘lsa, unda u uni har tamonlama o‘rganishi, insonning tabiati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransua falsafachisi Jan Jak Russo hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozadiki, «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Sxettsar pedagogi Iyagon Genrix Pestalotstsi yetim va karovso‘z bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tabiat maqsadi - inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis olimi, pedagogi Adolf Disterveg ham I.G.Pestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsiii deb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Tarbiya bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarila ham o‘z aksini topgan. Ushinskiy o‘zining asosiy «inson tarbiyasining mavzusi sifatida» degan psixologik- pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va koidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilishi ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq. xolda tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so‘zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy hislari, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin. Shark uygonish davri mugafakkiri ensiklopediyachisi Abu Nasr Forobiy (873-950) 1) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga kadar o‘z asarida aytgan Ediki, inson tabiatning eng oliy zoti, u atrof muhitni har tamonlama idrok qilishi mumkin. Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yoxud axloq» degan asarida turli shaxs axloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yezilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik dsb hisoblash mumkin. 1)Pedagogika mustaqil fan sifatida Y.A.Komenskiyning «Buyuk dedaktika» (XU11 asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqli, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq tariflangan. Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan siyosiy (fukaro) fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy hislatlarni tarbiyalashda atrof muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolatiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan tugiladi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi koidalarga taya’nishi lozim:
- bolalar yosh xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bolalar xususiyatlarini e’tiborga olish;
-me’yoridan chetta chiqish bilan bog‘liq. bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlari taya’nish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.
B) Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Bu prinsip tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson bialogik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyati o‘rtasidagi chukur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Shark Uyg‘onish davri mutafakkirlari va ensiklopediyachilari bo‘lgan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyati orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosan boyligi esa insondir. O‘tmishi falsafachi va pedagoglarn hisoblardiki, madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt, shart sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqt: va joyini bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olishga zarur. Butun insoniyat har bir xalk va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi bu ajdodlar.
Metodlar -o‘rganilayotgan obektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullaridir, ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo‘lib, uning metodlarini pedagogikada qo‘llanadigan tarbiyalash va o‘qitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya’ning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o‘zgarib bormokda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazida bola va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayoni hal qilishga yordam beradi . Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosiga yoki bilvosita -oila, do‘stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o‘utkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzok vakt davomida ishlashi mumkinligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagogik metodlar orqali bolaning ongi, xulki his-tuyg‘ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o‘tkazilish hamda uni o‘rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Metodlar - bolaning ijtimoiylashishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to‘plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o‘zaro bog‘liq hatti- harakatlari usullaridir . Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o‘z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashqil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir-birlari bilan bog‘liqki, metodlar va usullar holat da vositalar rolini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo‘llaniladi, Bu metodni qo‘llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko‘ra odob - axloqning umum qabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki notug‘ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar. Shu jamiyatga qabul qilingan hayot me’yorlari, ular to‘g‘risidagi to‘g‘ri va aniq tasavvo‘rning yuzaga kelishi, oxir - okibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o‘rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan bog‘lik. Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulki va faoliyoti motivlariga ko‘chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi. E’tikod-bu bolaning ma’naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatliliga kat’iy ishonch bo‘lib, u shaxsning axloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xoxishdir. E’tikod - bu muayyan harakatning zarurligi va to‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his - tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir o‘tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulki, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur. Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir. Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo‘yilib, axloq - odob koidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo‘lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni xikoya, leksiya, suhbat, disput.
Hikoya va leksiya-bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi. xikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda kullaniladi, u o‘z ok vakt cho‘zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi. Leksiya katta yoshdagi bolalarga qo‘llaniladi, vakti uzokrok bo‘lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanizm, do‘stlik, yaxshiklik)ni ochib beradi. Suxbat va disput-dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlashi muhim. Suhbat - bu savol-javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin. O‘smirlar uchun disput metodi kullanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi. Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to‘g‘riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini "programmalashtirsa, mashq qilish bilim-ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mashk qilish oxir- okibatda bolalarda odob-axloqni shakllantirishi uchun zarur. Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo‘lgan ko‘nikma va odat xosil bo‘lib, mustahkamlanishga kadar bo‘lgan ko‘p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko‘nikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat : vazifani qo‘yish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg‘otish, amalda qilib ko‘rsatish, amaliy mashqni tashqil qilishi, talab kuyishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini ko‘z atib borish. Malaka va odat o‘rtasida ma’lum distantsiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’um vakt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz. Mashq qilish metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini uyin shaklida tashqil qilishi orqali oshadi.
Mashk qilishi va ishontirish metodlari o‘zaro chambarchas boklik. Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashqil qiladi, unga rag‘batlantirish va jazolash metodlari kiradi. Ijtimoiy-pedagogogika tarix guvoxlik beradiki, rag‘batlantirishi va jazolash-bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Rag‘batlantirish va jazolash bir maqsadga yunaltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: rag‘batlantirish harakat va xolatni ma’kullaydi, jazolash noto‘g‘ri harakat va faoliyatni koralaydi, unga yomon baxo beradi. Jazolash va rag‘batlantirish bola harakati va uning okibati orasidagi muqarrar bog‘liklikni eslatadi (rag‘batlantirish - qonikish, jazo - norozilik ). Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qo‘llanilishi mumkin. Madomiki bolalarga adashish va xato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini o‘zgartirish va jazolash metodlarni qo‘llash mumkin. Qayta ishontirish bola ongidan noto‘g‘ri tasavvurlar, xato hayotiy planlarni akliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chikarish. Bu ishontirish metodiniig bir turidir. Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo‘llaniladn va u bola noto‘g‘ri harakatni oldini oladi va noto‘g‘ri faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohida emas balki bir- biri bilan bog‘likhxolda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy pedagogika butun umr davomida odamlar bilan parvarishlash va ta’lim muassasalarida ishlashning yaxlit va munosabatlarga asoslangan usulini tavsiflaydi. Evropaning ko’plab mamlakatlarida (va tobora ortib bormoqda), bu murojaat qilish bilan bog’liq amaliy va ilmiy intizom sohasi sifatida azaliy an’anaga ega. ijtimoiy tengsizlik individual, hamjamiyat darajasida o’rganish, farovonlik va aloqani rivojlantirish orqali ijtimoiy o’zgarishlarga ko’maklashish. “Pedagogika” atamasi yunon tilidan kelib chiqqan pais (bola) va yoshi (tarbiyalash yoki olib borish), “ijtimoiy” prefiksi bilan tarbiya nafaqat ota-onaning vazifasi, balki jamiyatning umumiy majburiyati ekanligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika turli mamlakatlarda bir-biridan farqli ravishda rivojlanib bordi va ta’lim va tarbiya, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar va marginal a’zolar uchun ijtimoiy ta’minotning madaniy va ijtimoiy normalari, munosabatlari va tushunchalarini aks ettiradi. Ijtimoiy pedagoglar (ijtimoiy pedagogika bo’yicha malakani tamomlagan mutaxassislar) turli yoshdagi yoshdan to voyaga yetguniga qadar nogiron kattalar guruhlari va keksa odamlar bilan ishlashgacha turli xil sharoitlarda ishlaydi. Ushbu sozlamalarning har birida yaxlit istiqbolga erishish uchun ijtimoiy pedagogika o’zaro bog’liq fanlardan nazariya va tushunchalarni birlashtiradi. sotsiologiya, psixologiya, ta’lim, falsafa, tibbiyot fanlari va ijtimoiy ish.
1 Usullari
2 Printsiplar
3 Tarixiy rivojlanish
3.1 Jan-Jak Russo
3.2 Johann Heinrich Pestalozzi
3.3 Yangi ta’lim harakati
3.4 Qashshoqlikni kamaytirish
3.5 Ijtimoiy pedagogika
4.1 Germaniya
4.2 Daniya
4.3 Chexiya va Slovakiya
4.4 Shimoliy Amerika
4.5 Birlashgan Qirollik
Usullari
Hamalayenen ijtimoiy pedagogika metod yoki usullar majmui emas, balki har qanday usul ijtimoiy pedagogik mulohazalar asosida tanlanganligini ta’kidlaydi. O’tmishda uchta asosiy usul aniqlandi:
Shaxsiy ish sharoitlari – individual hayotiy sharoitlarni yaxshilash / rivojlantirish maqsadida,
Ijtimoiy guruh ishi – ijtimoiy vakolatlarni rivojlantirish maqsadida,
Jamiyat aralashuvi – ijtimoiy demografik tuzilmalarni rivojlantirish maqsadida.
1970 yildan keyin uchta usuldan kelib chiqqan juda ko’p turli xil usullar. Amalda mono-uslubiy yondashuvni deyarli topib bo’lmaydi; Uchta klassik uslubdan ko’proq narsani o’z ichiga olgan yondashuvlar / harakatlar tushunchalari ustunlik qiladi.
Printsiplar
Ijtimoiy pedagogika inson qadr-qimmatini, o’zaro hurmatni, ishonchni, so’zsiz qadrlashni va tenglikni ta’kidlaydigan gumanistik qadriyatlarga asoslanadi. Bu bolalar, yoshlar va kattalarning boy va g’ayrioddiy potentsialga ega teng huquqli insonlar kabi asosiy kontseptsiyasi asosida va ularni vakolatli, qobiliyatli va faol agent deb biladi.
Ilgari ijtimoiy pedagogika bo’yicha ishlarida Petri va boshq. [2] ijtimoiy pedagogikaga asos soluvchi 9 tamoyilni aniqlang:
“Bolaga butun inson sifatida e’tibor berish va bolaning umumiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash;
Amaliyotchi o’zini bola yoki yosh bilan munosabatlarda o’zini shaxs sifatida ko’radi; Bolalar va xodimlar alohida ierarxik sohalarda mavjud emas, balki bir xil hayot makonida yashaydilar;
Professionallar sifatida, pedagoglar o’zlarining amaliyotlari to’g’risida mulohaza yuritishga va nazariy tushunchalarni ham, o’zlarini bilishni ham ba’zan duch keladigan qiyin talablarga qo’llashga da’vat etiladi;
Pedagoglar ham amaliydir, shuning uchun ularning mashg’ulotlari ularni bolalarning kundalik hayoti va faoliyatining ko’p jihatlari bilan bo’lishishga tayyorlaydi;
Bolalarning assotsiativ hayoti muhim manba sifatida qaraladi: ishchilar guruhni tarbiyalashi va undan foydalanishi kerak;
Pedagogika bolalarning huquqlarini tushunishga asoslangan bo’lib, ular protsessual masalalar yoki qonun hujjatlarida belgilangan talablar bilan chegaralanmaydi;
Jamoa bilan ishlashga va boshqalarning bolalarni “tarbiyalashda” qo’shgan hissasini qadrlashga alohida e’tibor beriladi: boshqa mutaxassislar, mahalliy hamjamiyat a’zolari va, ayniqsa, ota-onalar.
O’zaro munosabatlarning markaziyligi va shunga bog’liq ravishda tinglash va muloqot qilishning ahamiyati. “
Eichsteller va Holthoff [3] ijtimoiy pedagogika quyidagilarga erishishni maqsad qilganligini ta’kidlang.
Barkamol ta’lim – bosh (kognitiv bilim), yurak (hissiy va ma’naviy o’rganish) va qo’llarni (amaliy va jismoniy ko’nikmalar) tarbiyalash;
Barkamol farovonlik – sog’liqni saqlash omillarini kuchaytirish va odamlarga uzoq muddatli baxtni his qilish uchun yordam berish;
Bolalarga, yoshlarga va kattalarga o’zlarini kuchaytirishlari va o’z jamiyatlari uchun javobgarlikni o’z zimmalariga olishlari uchun imkon berish;
Inson farovonligini oshirish va ijtimoiy muammolarning oldini olish yoki ularni engillashtirish uchun.
Ular ijtimoiy pedagogik amaliyotni quyidagilar o’rtasida mutanosiblikni vujudga keltiradigan yaxlit jarayon sifatida ta’riflashga o’tadilar.
professional: (nazariya va tushunchalar, aks ettiruvchi amaliyotchi – “bosh”)
shaxsiy: (shaxsiyatidan foydalanish, ijobiy munosabat, shaxsiy munosabatlarni o’rnatish, lekin “xususiy” ni chetga surish – “yurak”)
amaliy: (ma’lum usullar va ijodiy faoliyatni qo’llagan holda – “qo’llar”)
Uchala element ham teng va bir-birini to’ldiradi, shu bilan sinergiya hosil qiladi.
Tarixiy rivojlanish
Garchi pedagogika Evropa mamlakatlarida turlicha bo’lishiga qaramay, pedagogikada zamonaviy fikrlashning turli yo’nalishlariga aylanib ketgan shu kabi ildizlar mavjud. Hamalayenen [1] “tarixiy jihatdan ijtimoiy pedagogika siz ijtimoiy sharoitlarga ta’lim orqali hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishingiz mumkin degan ishonchga asoslanadi”, deb tushuntiradi – va eng muhimi, ta’lim nafaqat bolalarni nazarda tutadigan, balki kattalarni tarbiyalashni o’z ichiga olgan hayot davomida o’qish jarayoni sifatida qaraladi, masalan bolalar haqidagi g’oyalarini o’zgartirish.
Platon va Aristotel kabi Klassik antik davr faylasuflari ta’limning ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo’shishi mumkinligini muhokama qilgan bo’lsa, nazariya va amaliyotda ijtimoiy pedagogika faqat Uyg’onish davri, islohot va zamonaviy ma’rifat davrida, bolalar kirib kela boshlagan davrda zamonaviy tafakkur ta’siri ostida paydo bo’lgan. ijtimoiy falsafaning surati.
Jan-Jak Russo
Hozirgi zamon pedagogikasini tushunish uchun Shveytsariya ijtimoiy mutafakkirining ta’lim falsafasi katta turtki bo’ldi Jan-Jak Russo (1712–1778). U jamiyatning tanazzulga uchrashidan xavotirda bo’lib, u o’zining tug’ilish paytida tabiatga eng yaqin bo’lganligi sababli tabiatan yaxshi bo’lgan, ammo jamiyat va uning institutlari ularni buzib yuborgan va ularni tabiatdan chiqarib yuborgan degan fikrga asoslanib u o’zining nazariyalarini ishlab chiqdi. Binobarin, yaxshilikni saqlab qolish uchun bolalarni tabiat va uning qonunlari bilan uyg’un holda tarbiyalash Russo pedagogik nazariyasi uchun asosiy o’rinni egalladi. Russo innovatsion ravishda “o’rganish uchun harakat tezligi insonning (tabiatning) o’sishi bilan ta’minlangan – va o’qituvchi nima qilish kerak bo’lsa, o’rganish uchun imkoniyatlarni engillashtirish kerak edi”, deb ta’kidladi Doyl va Smit [5] Eslatma.



Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin