Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bo’lg‘usi pedagog kadrlarni tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalami egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniyma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g‘oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‘zida mujassamlashtirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g‘oyalar, ta’limtarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi boMgan xalq pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz emas. Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiyaxloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos boMgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi.
0 ‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalami ilmiy jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yoMini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi bir omildir.