Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə3/7
tarix24.05.2022
ölçüsü57,69 Kb.
#59217
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek xalq pedagogikasida oilaviy tarbiyaning o\'rni

Kurs ishining maqsadi - bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir.
Kurs ishining vazifalari:
Xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o‘rganish.


I-BOB. O’zbek xalq pedagogikasida oila va oilaviy tarbiyaning aks etishi.


1.1.Jamiyatimizda yangilanish jarayoni ketayotgan, qadriyatlarimiz tiklangan bir paytda milliy - ma’rifiy boyliklarimiz sirasiga kiruvchi o‘tmish donishmandlari, buyuk allomalar va mutafakkirlaming bizga qoldirgan bebaho merosini o‘rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizni jahonga tanitgan buyuk siymolar, ulug‘ allomalar, mard va qahramon farzandlaming hayot yo‘li, butun faoliyati bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qoladi, zamonlar o‘tishi bilan bu nodir ma’naviy durdonalaming qimmati va ahamiyati yanada oshib boraveradi. Ulug‘ ajdodlarimizning ana shu boy merosidagi pedagogik g‘oyalar xalq pedagogikasida atroflicha o‘rganiladi. Chunonchi, xalq pedagogikasi xalqning tarbiya bo'yicha tajribalar majmui deb qaraladigan bo‘lsa, allomalarimizning yosh avlodni axloqiy tarbiyalash borasidagi pedagogik g‘oyalari xalq donishmandligi, xalq dunyoqarashi bilan o‘zaro uyg‘un va chambarchas bog‘liqdir.
Zaminimizda yashab o‘tgan, bugun ham dunyo ahlini hayratga solayotgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va mislsiz ilmiyijodiy kashfiyotlari, ulardagi axloqiy ta’limotlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish juda muhimdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘ zotlaming hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalaming barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart deb hisoblayman.»10 Bu fikrlar tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga da’vat etadi.
MUHAMMAD AL - XORAZMIY (783-850) Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783 yil Xorazmda tavallud topgan. Yevropada «Algorismus» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini Bog‘dodda, xalifa al-Ma’mun boshchiligidagi ilmiy markaz «Bayt ulhikma»da o'tkazgan. Xalifa al-Ma’mun al-Xorazmiyni olim sifatida juda qadrlaganligi bois mazkur ilm dargohini boshqarish ishlarini ma’Ium muddat unga topshirgan. Al-Xorazmiy hind va yunon olimlarining asarlarini puxta o‘zlashtirib, undagi g‘oyalarni yanada rivojlantiradi. U hozirgi zamon matematika fanining fundamental qoidalari asoschisi, zamonaviy algebra fanining birinchi ta’sis etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Olimning «Al-Jabr val-Muqobala» asaridagi birinchi «Al-Jabr» so‘zidan Yevropada «algebra» so‘zi kelib chiqqan. U 0(nol) sonini arifmetikaga olib kirdi va shu tariqa sonlaming o‘nlik pozitsion tizimi butun dunyoga tarqaldi. Al-Xorazmiyning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada «Algorizm» nomi bilan tanildi va bu nomdan zamonaviy «algoritm» so‘zi kelib chiqdi. Al-Xorazmiy matematikadan tashqari astronomiya ilmiga oid turli mavzularda bir qancha ilmiy maqolalar yozgan. Ulardan eng mashhuri «Astronomiyaga oid jadvallar» («Zij») asaridir. Olim geografiya fanining rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. Uning muhim geografik asarlaridan biri «Yerning tasviri» («Surat al-Arz») kitobidir. Mashhur tarixchi Jorj Sarton al-Xorazmiyni «...0‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, barcha davrlarning ham eng buyuklaridan biri» deb ta’rif bergan.
AHMAD AL - FARG’ONIY (798-865) 0 ‘rta asrlarning eng ko‘zga ko‘ringan allomalaridan biri Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda ham oz bo‘lib, taxminan 798 yil Farg‘onada tug‘ilgan. Yevropada «Alfraganus» nomi bilan tanilgan. Olim voyaga yetgach, Bag‘dod shahriga ketadi, xalifa al-Ma’mun saroyidagi ilmiy maktab «Bayt ul-hikma»(«Hikmatlar uyi»)da dunyoga dong taratgan mashhur 0 ‘rta Osiyo allomalari bilan birga ijod qiiadi. Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Osmon jismlari harakati va yulduzlar ilmi to‘plami»dir. Shuningdek, «Geometriya va arifmetika yordamida mukammal shimoliy va janubiy asturloblarni yasash», «Asturlobdan foydalanish haqida kitob», «Oy yer ustida yoki uning ostida ekanida vaqtni aniqlash», «Quyosh soatini yasash», «А1- Xorazmiy zijini tushuntirish» kabi asarlari ma’lum. Al-Farg‘oniyning astronomiyaga oid asarlari bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik bo‘lib keldi. Olim bundan tashqari astronomik jihozlar va gidroinshootlar qurish ishlarida katta iste’dod sohibi ekanligini namoyon eta oldi.
ABU NASR FOROBIY (873-950) Faylasuf va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy Sirdaryoning Forob ( 0 ‘tror) shahrida tug‘ilgan. U Sharqda juda mashhur bo‘lib, qadimgi yunon ilmini juda yaxshi bilgani uchun «Sharq Aristoteli», «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan so‘ng) nomlari bilan ulug‘langan. Forobiy boshlang‘ich ma’lumotni o‘z vatanida, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olganidan so‘ng Bag‘dod. Damashq, Misr kabi yurtlarda ilm olishni davom ettirgan. Forobiy 70ga yaqin til bilgan, undan ilmning turli sohalariga bag1 ishlangan juda katta ilmiy meros qolgan, ya’ni falsafa, matematika, tibbiyot, astronomiya, mantiq, grammatika, fizika, kimyo kabi fanlarga oid asarlar yaratgan. «Masalalar manbai», «Qonunlar haqida kitob», «Ruhning mohiyati haqida», «Falsafaga izohlar», «Falsafa tushunchasining ma’nosi» risolalarida mashhur yunon faylasuf! Aristotel va boshqa yunon olimlari asarlariga sharhlar yozgan. Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» kitobida 30dan ortiq ilm-fanning ta’rifi beriladi, tabiiy va aniq fanlar bilan bir qatorda she’riyat, grammatika, orfografiya, lug‘atshunoslik, mantiq, fiqh, siyosatshunoslik kabi gumanitar ilmlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. «Inson a’zolari haqida» risolasida tibbiyot haqida ma’lumotlar, «Ilm va san’atning fazilatlari», «Aql masalalari haqida» risolalarida esa o‘ta muhim falsafiy masalalar xususida so‘z yuritadi. Forobiy aqlli insonlar haqida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega: yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlami aqlli deb bo‘lmaydi, ulami ayyor, aldoqchi degan nom bilan atamoq lozim».
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. Men yuksak maqsadlaming eng cho‘qqisiga chiqib, yuksalishni istayman. Past maqsadlarga hech rozi bo‘lmayman. Yo istagan maqsadimga erishaman, yo o‘lim meni bu yo‘lda halok qiladi. Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi. So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir. Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo‘l, chunki mulohazakor degani-ehtiyotkor bo‘lish deganidir. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor bo‘lsa, sen siringni asiri bo‘lib qolasan. Boylikni topishibdi-yu, aql-idrokni yo‘qotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi? Ma’rifatchi botir odam bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi? U oMimdan ham qo‘rqmaydigan sahovat egasi bo‘ladi. Shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U barcha behuda narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi? U o‘z nafsoniyati bilan ulug‘vor bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! Menga hasad qilgan kishilar bilan aloqamni uzdim, hatto ularning nomlarini ham eslamadim, ular bo‘lsa bir umr menga hasad qilib kun kechirdilar. Modomiki, mening do‘stim dushmanim bilan ko‘p o‘tirgan ekan, endi men uni hech do‘stim deb bilmayman. Chindan ham zahar aralashgan shakardan parhez qilish kerak; ilonga qo‘ngan pashshadan qochish kerak bo‘ladi.
1.2.Yurtimiz O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko’tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pandnasihatlari eskilikka yo’yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar.
Ovrupocha madaniy hayotga tezroq ko’niktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, ma’naviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha o’zgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib etdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yo’qotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va an’analar ham, ma’naviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham depsaldi, yo’qotildi.
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to’liq javob berish uchun an’ananing o’zi nima? degan savolga javob izlab ko’raylik. . An’ana nima?

«An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o’rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.


Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg’or, hayotda o’zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo’llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo’llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyoda necha millat, necha xalq bo’lsa, hammasining o’ziga xos turmush tarzi, o’tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog’liq an’analari mavjuddir. O’zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’limtarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag’zi to’qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn


Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg’alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususai, o’zbek xalqiga xos bo’lgan ibratlya tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo’lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo’stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug’lash, farzandga mehrli va fidoyi bo’lishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo’lsa, ajab emas.
Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o’rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo’lish yo’llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradn.
Qadim zamonlardan, hatto o’zbek xalqining yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o’rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, urfodatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo’lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko’ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko’rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo’lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin