Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə24/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Tibbiyot, 
psixologiya, 
sotsiologiyada 
norma”ning 
o’z 
ko’rsatgichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-
og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi. 
ijtimoiy pedagogika uchun ―norma‖ va ―normadan og‘ish‖
tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish
jarayonini xarakterlash uchun qo‘llanadi.


2 kurs talabasi (………)


46
Og‘ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan
og‘ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo‘rlik, giyohvandlik va
boshqa salbiy og‘ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat
rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Og‘ish turlari
Normadan chetga chiqishni shartli ravishda 4 guruhga ajratsak
bo‘ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik. Ularni batafsil o‘rganib
chiqsak.
Normadan jismoniy og‘ish avvalambor inson sog‘ligiga bog‘liq.
Sog‘liqdagi og‘ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar: og‘ir ekologik
holat, ichimlmk suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining pasayishi va
boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Sog‘ligida va rivojlanishida og‘ishga moyillarning ko‘p tasniflari
mavjud. Umujahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan
imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:
-kasallik, xastalik-ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura
elementlarini har qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;
-cheklangan im koniyat-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir
faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo‘yish;
-nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-
bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi cheklangan
imkoniyat.
G`arb davlatlarida ―sog‘ligining cheklangan imkoniyatlariga ega
shaxs‖ tushunchasi mavjud. Ularga ta‘lim standartlarini o‘zlashtirishga to‘sqinlik
qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek nuqson
tushunchasi ham mavjud bo‘lib, uning 4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og‘ir
turlari mavjud.


2 kurs talabasi (………)


47
Jismoniy nuqsonlarga-inson organining faoliyat yurgizishga yoki
rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, Shuningdek har qanday
somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Ruhiy nuqsonlarga-insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki
vaqtinchalik kamchilik. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati, Shuningdek esa,
aqliy rivojlanishning buzilishlari kiradi.
Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy
kamchiliklarni o‘zida mujassam etadi.
Og‘ir nuqson-belgilangan tartibda tasdiqlangan Shunaqa nuqsonki, bu
nuqson mavjud bo‘lgan holatda davlat ta‘lim standartlariga mos ravishda ta‘lim
olishning umuman iloji yo‘q.
Bola jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga kasallik, ko‘rish, eshitish
qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Normadan ruhiy og‘ishlar avvalambor
bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog‘liqdir. bu turdagi
og‘ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to‘xtab qolishi, bolalarning aqliy
jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug‘ma nuqsonlari
yoki jarohat asosida paydo bo‘ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-engil
aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo‘ladi.
Ruhiy og‘ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy
og‘ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og‘ish turining
eng og‘ir shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o‘z-o‘zini
o‘ldirish)larni keltirsak bo‘ladi.
Bolalarning iqtidorliligi alohida og‘ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir
faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta‘minlab beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga
xos uyg‘unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat
mahsullari xarakteriga qarab ham belgilanadi.
Pedagogik og‘ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy
pedagogikada hozircha kam qo‘llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik
faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun
sharoitlar yaratib berish uchun ta‘lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan 


2 kurs talabasi (………)


48
turli normalar qo‘llanmoqda. Avvalambor, bu ta‘lim darajasini belgilaydigan
standartlarga, Shuningdek o‘quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga
yana ta‘lim olishda yuqori natijalarni ta‘minlab beruvchi bola rivojlanishining
normalarini ham kiritsak bo‘ladi.
Ta‘lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik
bilan gapirsa bo‘ladi. So‘nggi yillarda turli sabablarga ko‘ra ta‘lim ololmagan
bolalar ham paydo bo‘ldilar. Normadan bunaqa og‘ishlarni pedagogik og‘ish desak
bo‘ladi. Umumiy ta‘lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular
maktabga bormaydigan, fayoatgina boshlang‘iya maktabni tugatgan, umumiy o‘rta
ta‘lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning
davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish o‘qishga intilishni susaytiradi, oiladagi
notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko‘chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin