Ijtimoiy pedagogikaning maktab bolalari bilan ish yuritishi


Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə3/3
tarix27.09.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#149917
1   2   3
IJTIMOIY PEDAGOGIKANING MAKTAB BOLALARI BILAN ISH YURITISHI

Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va o’smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va o’smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o’rnatiladi.
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini o’zlashtirish orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.
Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi.
Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:
Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya’ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi.
ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.
Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy, vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.
So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri ko’rsatdi.
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar shaharlarda yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borish
Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi.

Аdаbiyotlаr:


  1. Gurоv V., Shinkаrеnkо N. «Оtkrыtаya» shkоlа i sоtsiаlnо-pеdаgоgichеskаya rаbоtа s dеtmi // Vоspitаniе shkоlnikа, 1994, № 2.

  2. Zаkаtоvа I.K. Sоtsiаlnаya pеdаgоgikа v shkоlе. – M., 1996.

  3. Prоblеmы estеtichеskоgо vоspitаniya pоdrоstkоv. – M., 1994.

  4. Tiхоmirоvа N.K. Sistеmа vоspitаtеlnоy rаbоtы v shkоlе nа оsnоvе prоgrаmmы. – M., 1996.

  5. Sеlеvkо G.K. Diffеrеntsiаtsiya uchеbnоgо prоtsеssа nа оsnоvе intеrеsа dеtеy. – M., 1996.

Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin