«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

1.2.3. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi 


 Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. 
Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo‘lib, u o‘zining
1908 yilda yozgan 
"Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga 
keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga 
layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta’minlovchi 
narsa tug‘ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo‘lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall 
barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo‘lgan barcha 
qismlar — ya’ni efferent qabul qiluvchi, reseptiv bo‘lim, efferent (harakat) va markaziy 
bo‘limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday 
refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. 
Shunga o‘xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya ) va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy 
psixologiya bo‘yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli 
irsiyat xaqida — tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy odamlardagi taqlid qilish 
qobiliyati bilan bog‘liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta’sirlarini 
o‘tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi. 
Shunday qilib, bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi 
ongsizlikdir, ya’ni instinktlar bo‘lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo‘ladi. Hissiyot 
bilan instinktlar bog‘liqligini Makdugall juftliklarda ko‘rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash 
instinkti — qo‘rquv, g‘azab hissi; nasl qoldirish instinkti — rashk ayollardagi tobelik hissi; 
o‘zlashtirish instinkti — xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni 
tushuntirishda tug‘ma instinktlar rolining yuqori qo‘yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot 
bosqichida salbiy o‘rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini 
tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo‘ydi. Ijtimoiy psixologiya fan 
sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. 
Demak, yuqorida to‘xtab o‘tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki
ular yangi tug‘ilishi lozim bo‘lgan fan — ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib 
berdi. Qolaversa, bu uchchala yo‘nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’ektiv
tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko‘rsatdi. Bu narsa yana 
bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin