Halqlar psixologiyasi nazariyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida 19 asrning
o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy g‘oya shu ediki, ayrim individlardan yuqori
turadigan ruh mavjud bo‘lib, bu ruh o‘zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo‘ysunadi.
Bu ilohiy yaxlitlik esa xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitlikning bo‘laklari
bo‘lib, ular bu ruhga bo‘ysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik
muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Bu nazariyaning tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel
falsafasi va nemis romantizmi xizmat qilgan. «Xalqlar psixologiyasi» iborasi birinchi marta
faylasuf M.Lasarus hamda tilshunos G.Shteyntallarning «Xalqlar psixologiyasi to‘g‘risida kirish
so‘zi» kitobida ifodalab berilgan: «Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch bu xalq yoki shu yaxlitlikning
ruhi bo‘lib, bu ruh san’atda, dinda, tilda, afsonalarda, an’analarda o‘z aksini topadi. Individning
ongi shu yaxlitlikning mahsuli bo‘lib, ularning yig‘indisi o‘z navbatida xalq ongini tashkil etadi.
Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o‘rganish, xalq ruhiyati
K
onunlarini
ochish, xalq psixologiyasiga oid bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarning paydo bo‘lishi va
yo‘nalishini tushuntirib berishdir».
Ushbu kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi
mulohazalarini bayon etadilar: «Odam o‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy mavjudot bo‘lib, u jamiyat
hayoti bilan uzviy bog‘liq, chunki u o‘ziga o‘xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taqlid
qilib harakat qiladi va ular ta’qibidan qochadi...». Xalqlar psixologiyasining asoschilari faqat
nazariy mulohazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o‘z fikrlarini isbot qilish uchun
tadqiqot ishlari yo‘q edi.
"Psixologiyaning otasi" hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga
asoslangan ma’lumotlar to‘plashga o‘z diqqatini qaratdi. U o‘zining "Inson va hayvon ruhi
haqida leksiyalar"i (1863 y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan o‘n tomli "Xalqlar psixologiyasi"
asarlarida asosan o‘zi to‘plagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga
bag‘ishlangan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki,
empirik ma’lumotlar to‘plash usullari, to‘plangan manbalarni sharhlash borasida bebaho bilimlar
to‘pladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar
psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o‘rganuvchi eksperimental fan bo‘lib, oliy
psixik jarayonlar — tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani tajriba usulida tadqiq etish
mumkin. Tajriba usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi
o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga xosdir — u madaniy mahsullar hisoblangan
til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi.
Shunga qaramay Vundtning qarashlari idealistik asosda bo‘lgan, ya’ni u individ bilan
jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatni idealistik asosda turib hal qilgan va
jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol
o‘rnini ko‘ra bilmagan. Uning izdoshlari — Rusiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va
boshqalar ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda
yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham
maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarnni
ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga
ilmiy asos bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: