«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati 


Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator 
afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga 
imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash 
imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. 
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish 
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy 
psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning 
yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd 
etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari 
amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta 
ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini 
aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik 
chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan 
va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar. 
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv 
birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va 
tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, kontent-
analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik — ramziy birlik yoki simvollar 
bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday 
birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda 
ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun 
ham ko‘pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin 
deb hisoblaymiz: 
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik 
tashabbus, hamkorlik va hokazo); 
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan mavzular 
(masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va 
hokazo); 
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; 
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va 
shunga o‘xshash). 
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta 
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot 
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni 
tushuntirib berish kerak. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin