ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda
namoyon bo‘ladigan hamda muloqotda ko‘rinadigan sifatlar guruhiga bo‘linadi. Masalan, tashqi
muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya’ni o‘ziga xavf soluvchi yoki solishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni
ba’zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy
ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), ''kuzatuvchanlik",''ziyraklik" (Yu. Jukov)
va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar ''muloqotda namoyon bo‘luvchi sifatlar"dir. Ular turli
ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning turli sharoitlarda to‘g‘ri muloqotga
kirishish imkoniyatinp beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o‘ziga xos tarzda dunyoni,
odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamrok xatolarga
yo‘l qo‘yishini ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik o‘zgalarning ichki dunyosini
gaplari, hatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandnr. Shu
fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: