Ijtimoiy psixologiya fanining predme ti va vazifalari


LIDERLIK USLUBLARI HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə24/36
tarix22.10.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#65910
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)

LIDERLIK USLUBLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Har bir lider yoki boshlik o`zicha individual va kaytarilmasdir. Buning boisi xar bir boshlik o`z ish faoliyatini, boshkaruv faoliyatini o`ziga xos tarzda tashkil etishidadir. Ijtimoiy psixologiyada boshkaruv soxasida batafsil o`rganilgan muammolardan biri turli boshkaruv uslublaridir. Bu soxada nemis olimlari G. Gibsh, M. Forverg, rus olimlari V. D. Parigin, L. N. Umanskiy, M. Yu. Juqov va boshkalarning ishlari ayniksa dikkatga sazovordir. Barcha ilmiy tadkiqotlarni umumlashtirgan xolda ijtimoiy psixologiyada kabo`l kilingan uch asosiy boshkarish uslublariga xarakteristika berib, chikamiz. Bu uch uslub avtoritar, demokratik va liberal ish usulublaridir.


Avtoritar raxbar barcha kursatmalarini ishchanlik ruxida, anik ravshan keskin oxangda xodimlarga etkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan dukpupisa, keskin ta`kiklash kabi kat’iy oxanglardan foydalanadi. Uning asosiy maksadlaridan biri kanday yo`l bilan bo`lsada, o`z xukmini utkazish. Uning nutki ham anik va ravon doimo jiddiy tusda bo`ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maktash yoki ularga jazo berish, tankid kilish sof sub`ektiv bo`lib, bu narsa boshlikning kayfiyatiga va usha shaxslarga nisbatan shax­siy munosabatiga boglik. Jamoa a`zolarining tilak istaklari, ularning fikrlari va maslaxatlari juda ham kam xollardagina inobatga olinadi. aksariyat xollarla bunday istaklar yoki kursatmalar to`g’ridan to`g’ri duk pupisa. kamsitish yoki ma`naviy jazolash yo`li bilan cheklanadi yoki qoniktirilmaydi. Bundam raxbar o`z ish uslublari, kelajak rejalari, biror anik ishni, opera­tsiyani kanday amalga oshirmokchiligini odatda, jamoadan sir tutadi, uning fikricha, bu uning obruiga salbiy ta`sir kursatishi mumkin. Guruxdagi ijti­moiy fazoviy munosabatlardagi urni jixatdan, u "jamoadan chetda", avtonom.
Avtoritar raxbari xar bir jamoa a`zolarining qobiliyatlari, ishga munosabatlari, mavkelariga kura tutgan urinlari xakida tasavvurlar borki, shunga kura u xar bir xodimning ish xarakatlarini maksimal tarzda dasturlashtirib kuygan, unda xar kanday cheklashlar uning ochik g’azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. YA`ni bunday jamoalarda xokimiyatmarkazlashtirilgan, jamoa raxbari ushbu markazning yakka xokimishuning uchun ham bu erda "mening odamlarim", "mening ishim", "mening fikrim buyicha" kabilidagi iboralar teztez ishlatiladi. Bunday raxbarlarda ishiga nisbatan shunday fidoiylik borki, ular o`zlarini shu ishsiz tasavvur kila olmaydilar, ya`ni ish uning "butun vujudini kamrab olgan" SHu sabab bo`lsa kerak, bunday raxbar xar bir odamda uning kundalik ish faoliyatini, uning natijalarini juda yaxshi biladi. Lekin, aslida uni ishning mazmunidan ko`ra, uning usha erdagi etakchilik roli, boshlikligi ko`prok kiziktiradi va o`ziga usha sifatlarga karab baxo beradi. Bu sifat, tabiiyki, ishnnng sifatiga ham ta’sir kilgani uchun jamoa oldiga kuyilgan barcha topshiriklar bajarilmay qolmaydi ("temir paxbap").
Bunday jamoalarda tankid ishn juda sust, chunki u o`zini ham, boshkalarni ham, tankid kilishlariga yo`l ko`ymaydi. Tankid kilishga, uning fikri­cha, fakat boshlik xakli. Yigilishlarda so`zni o`zi boshlao, tashabbusni oxirigacha boshkalarga bermaydi, odamlarning takliflari, ularning hissietlari z`tiborga olinmaydi. G. Gibsh va M. Forvergdarning taxlil kilishlaricha, avtoritar lider bosh bo`lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo`lib, ishlab chikarish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lar ekan. Lekin jamoadagi ruhiy ma`naviy muxit og’ir, tang bo`lib, bu narsa odamlarning jamoadan to`la qonikmasliklariga olib keladi. Bunday raxbarlar boshchilik kilgach mexnat jamoalarida ishlaydigan odamlar o`z kasblari, ish joylarini osonlikcha almashtirishlari mumkin.
Demokratik raxbar, aksincha, bo`ysunuvchilarga mustakillik erk berish tarafdori. Ishda topshiriklar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan xolda taksimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyillikladerlar bilan samarali ishlash usulidir.
Shunday kilib, xar kanday lider obruga ega. Obrulilik shaxsning beriladi. Nutqi oddiy doimo osoyishta, sokin, unda o`rtoqlarcha do`stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka kura ishiga baxo berish doimo jamoa a`zolarining fikri bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi. Tankid, ko`pincha taklif, istak shaklida kilingan ishlarning mazmuniga baxo berish xodila "aybdorga" etkaziladi. Xar bir yangi ish jamoa maslaxatisiz boshlanmaydi. SHuning uchun ham uning fazoviyijtimoiy xolati "jamoa ichida".
Jamoada tankid va o`zo`zini tankid shunday yo`lga kuyilganki, uning okibatida xech nim aziyat chekmaydi. Chunki ko`prok boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari norasmiy liderlar tankid kiladilar. Boshlik yo`l qo`ygan xato kamchiliklarni jamoatchilik oldida buyniga olishdan kurkmaydi. Chunki, undagi mas`uliyat hissi nafakat yuqori boshkaruv tashkilotlarning a’zolari bilan muloqot paytida, balki xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va kuyilgan topshiriklar yuzasidan mas`uliyatni boshkalarga ham bo`lib berishni yaxshi kuradi. Boshlikning xodimlaridan siri yo`k, shuning uchun ham majlislarda ko`prok u emas, balki barcha xodimlar gapiradilar, oxirgi karor chikarish va so`zlarnp yakunlash, umumlashtirish xukukidan u tulik foydalanadi.
Gibsh Sh. va Forverglarning analizlariga kura, bunday boshlik raxbarlik kilgan jamoalarda ma`naviy ruxiy muxit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qonikish xosil kilganlar, ishdan ketish xollari kam ekan – u, lekin ishlab chikarish zo`rga norma xolatida bo`lar ekan
L i b e r a l (lokayd) uslubda ishlaydigan raxbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish kiyin. Unda ta`kiklash, pupisa bo`lmaydi, uning urniga ko`pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamqorlik yo`k, boshlik jamoaning muammolari, ishning balandpasti bilan kizikmandiganday, guyoki boshka "qoinotda" yurganda uxshaydi. Anik kursatmalar bermaydi, uning urniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yakin kishilar orkali kilinishi lozim bo`lgan topshiriklar bajaruvchilarga etkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli maxsulot, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda katna
shishi va xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g’ri kelganda u doimo xushmuomali bo`lib, odob, axloq normalarini bo`zmaslikka xarakat qiladi, lekin xech kachom ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chikarsa, u bevosita jarayoniga aralashmay, oxirgi so`zni o`ziga qoldiradi. Shunday kilib, xoldimlarga fikrlash va xattixarakatlar erkinligi berib kuyilgan. O`sha erkin xarakatlar yuzasidan boshlikning fikri suralgan takdirda ham, undan anik gap chikmaydi. Chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi. qolaversa ularni xafa kilib kuyishdan kurkadi. Uning fazoviypsixologik xolati gurux tashkarisida".
Olimlar fikricha, bunday raxbar ishni olib borgan jzmoalarda barcha kursatkichlar doimo orkada, sifat ham yo`k. Liberal raxbar ishda anarxiyani kilib kuyib, ko`p turmay, boshka erdan ish kidirishga xarakat kiladi.
Yuqorida baxo berilgan boshkarish uslublari ko`prok liderlikka emas, balki raxbarlikka taallukli, lekin ilmiy adabietlarda bu ikkala ibora. ko`pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida. eng yaxshi raxbar o`zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo`ladi. Chunki, sof ijtimoiy psixologik ma`nodagi liderning turlari sharoitlarda o`zida ko`prok namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga kura tabakalanadi. Masalan, lider tashkilotchi, yana lidertashabbusqor, lider erudit, jamoa hissiy emotsional xolatni boshkaruvchi lider, lider bilagon va xokazo. Yaxshi raxbar ana shu lider sifatlarini bilgan xolda ularni o`zida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamqorlikda ishlay olishi kerak.
Oxirgi yillarda Moskva va boshka yirik ilmiy markazlarda utkazilgan tadkiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida xaetda sof demokrat yoki sof avtoritar raxbarnn uchratish kiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshkara olmasligi ma`lum bo`ldi. SHuning uchun ham ular vaziyatga boglik, vaziyat, qonkret jamoa, unda kabo`l kilingan xatti xarakatlar normalari. shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, raxbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi, degan goya kabo`l kilinmokda. Lekin bu raxbarlik uslublarining psixologik mazmun va moxiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, xar bir uslubda o`ziga xos ijobiy tomon bor, moxir raxbar o`zini o`zi tarbiyalar ekan, o`shalarnnng eng ma`kuli ayniksa o`zi rahbarlik kilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofikdir.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin