Ijtimoiy rol turlari qanday mezonga ko‘ra ajratiladi? sUaxs taalloqli boigan monosabat turiga ko‘ra
sUaxs taalloqli daoliyat toriga ko‘ra
sUaxs taalloqli bo‘lgan moUitga ko‘ra
a va b javoblar to‘g‘ri
SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI Ijtimoiylashuv tushunchasi Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir. «Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F.G. Keddings insonlarga nisbatan qoHagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyor- lashdir», degan fikrni bildiradi. Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qan- day sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qo‘shilib yashashi- mizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud bo‘lib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi. Ijtimoiylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb beril- gan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik ka- tegoriyalardan biri bo‘lib, bu atama shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajri- balarni o‘zlashtirishga moyilligi yoki o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayoiidir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tug‘ilib, uni o‘rab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, undan so‘ng jamiyatga qo‘shilishi, o‘rgangan barcha tajribalarini atrof-muhitdagilar bilan hamkor- lik qilish jarayonida qollashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bo‘lishi jarayoni tushuniladi.