Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə27/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Madaniy kontekst. Har bir jamiyat boshqalardan ustun boigan ma’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar ijtimoiy- lashuv jarayonida bu sifatlarni o‘zlashtirib olishadi. Insondagi aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, ijtimoiylashuv usullari shunga bog‘liq boladi, ular turli madaniyatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Amerikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va agressivlik kabilar qadrlansa, Hindistonda uning aksi, passivlik va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun amerikaliklar buyuk sportsmenlar, astronavtlarga hurmat bilan qarashadi. Hindlar esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat arboblari (masalan, Maxatma Gandi)ga hurmat bilan qarashadi. Bu madaniy qadriyatlar ijtimoiy me’yorlar asosida yuzaga keladi. Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir. Biologik omillar hamda madaniy omillarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan hamda ijtimoiy- lashmoqchi bo‘lgan odamlar o‘rtasida bir-biriga ta’sir etish ja- rayoni ro‘y beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uning bilishga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo boladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda shaxsda boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikning namoyon bolishi ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina te- gishli boigan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas ji- hatlarga ega bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nis- batan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tash- kil qiladi. Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir (J. Piaje, R. Merton).

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin