Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə29/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish-istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. Bu ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida in­son o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. U odatda nizolarni hal qilish kuzatiladi.
O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi — agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stinikiga nisbatan ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z «Men»ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldi- da ojiz qolishi demakdir.
Loyihalash mexanizmining o‘z kamchiliklarini boshqalarga te- gishli deb hisoblash tashkil qiladi.
Ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida shaxs xayolan o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Ijtimoiy, jinsiy rollarni, qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtiradi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, fikr yuritadi.
Shunday qilib, shaxsning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiy- lashuvida ijtimoiy agentlar, ijtimoiylashuv mexanizmlarining ta’siri muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiylashtiruvchi maskanlar va oilaning
ijtimoiylashuvdagi o‘rni

Har qanday shaxs ijtimoiy muhitda yashar ekan o‘sha ijtimoiy muhit uning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi va maskan vazifasi- ni bajaruvchi bir qancha muassasalarga ega bo‘ladi. Shaxs ijtimoi­ylashuviga ta’sir o‘tkazuvchi atrof-muhitni birlamchi va ikkilam- chi ijtimoiylashuv maskanlariga ajratish mumkin. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, fan tilida aytilganda ijtimoiylashuv maskani hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbek muhitida mahalla va ta’lim-tarbiya muas- sasalari ham birlamchi ijtimoiylashuv maskani sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlariga esa meh- nat jamoalari, OAV, turli xil jamoatchilik tashkilotlari, din kabi- larni kiritish mumkin. Shuningdek, mehribonlik uylari, maxsus internatlar, harbiy bilim yurtlarida nisbatan uzoq vaqt mobaynida bolalarning tarbiyalanishini, o‘sha yerning me'yorlari, qadriyat- lari va talablari ta’sirida uning dunyoqarashi shakllanishini, o‘sha yerdagi ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hisobga olinsa, bu maskan- lar ham ijtimoiylashuv maskanlari sifatida tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Oila — bu maskanning ahamiyatini anglash uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o‘zi kifoya. Ya’ni har qanday bola o‘z oilasida o‘zlashtirgan tajriba- laridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik o‘z far- zandlariga ham o‘rgatadi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog‘lom oila muhitiga bog‘liqdir. Sog‘lom oila muhitida sog‘lom avlod- lar tarbiyalanadi va kamol topadi. Ma’lumki, dunyoga kelgan go‘dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Aynan shu maskan quchog‘ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a’zolarining o‘zaro munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Shular zaminida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini o‘rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda bo‘lishining usul va shakllarini o‘rganib boradi.
Aynan oila bag‘rida bola boshlang‘ich ijtimoiylashuvni oladi. Oila a’zolarining munosabatlari misolida u boshqalar bilan muloqot qilishga o‘rganadi, xulq-atvori va munosabatlar shakllarini tushunib boradi va bu tushunchalari uning o‘smirlik va balog‘at yillarida ham saqlanib qoladi. Ota-onaning farzandini noto‘g‘ri xatti-harakatiga nisbatan reaksiyasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va un­dan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlari- ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barka- mol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo4adi. Ya’ni, oila va uning sog4om ma’naviy muhiti bolani ja- miyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘iish, muomalada axloq-odob me’yorlariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihat- dan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijti- moiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday me’yortiv va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, ja- miyatdagi qonuniy me’yorlar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning me’yortiv ta’siri ham shunchalik samarali boHadi. Bunday oilada o‘z‘ning qadriyatlaridan tashqari , jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va me’yorlar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgat‘lgan boladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktab- gacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘q‘ganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajaradigan bo‘lib, bola- lar jamiyatida hamisha o‘zining o'rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzandga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir et- maydi, mustaqil fikrli, pok vijdonli inson bolib yetishadi. Chun- ki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam boisa, jamiyat ham mustahkam bolishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanib, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanib kelinmoqda.
Ko‘plab olimlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shax- sini ‘jtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va toliq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tar- biyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. Bundan tashqari, G‘arb mamlakatlarida o‘tka.zilgan tadqiqot- larda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi-chiqdining bemalol amal­ga oshirilishi, rasman FHDY boiimlarini nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga niho- yatda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzand- lari bir tomondan umuman oila institutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega boiib, voyaga yetsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, agressivlik kabi salbiy si- fatlar shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o‘z davriga munosib, sog‘lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning muhim omili bu rasmiy nikohda boigan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda yashashlaridir.
Shaxs ijtimoiylashuvi muammosining milliy asoslari o‘zbek psixologi, professor V. Karimova tomonidan juda chuqur tahlil etilgan bo‘lib, unga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota-ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charxlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam bera- di. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotlaydiki, oilaning toiiq boiishi, ya’ni, ota-onaning o'zaro tinch-totuv yashashi, ular orasida me'yorl insoniy munosabatlar va sogiom ma'naviy muhitning mavjudligi bolaning nafaqat jismoniy jihatdan salo- matligini, balki ma’naviy va ruhiy jihatdan ham barkamol boiib shakllanishiga zamin yaratadi. Bola uchun oilada ham ota, ham onaning bolishi zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qan- day ona boiishim tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga boigan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosaba- tini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bolishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birga- likda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsiali- zatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bo- laning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhi- ti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli va sadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir.
Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o‘rni va funksiyalarini, qadr-qimmatini anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishi- ni tushunmasdan turib, Vatan tuyg‘usini tom ma’noda his qila olmaydi. Bu ish asosan har bir o‘zbek oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush tarzining ajralmas boiagiga aylantirish, muloqot madaniyatining sharqona ko‘rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg‘unlashtirish, meh- nat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari, shaxsning barkamolligi har bir shaxs ongida oilaning muqaddasligi, Vatanning aslida oiladan boshlanishi, shu bois uni sevish va nikohni muqaddas bilish zarurligini, oilaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va funksiyalarini tushuntirish orqali ro‘y berishi inobatga olinadi.
Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘- lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar.
Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq muno- sabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan begonaday bo'lib qolganliklari bois bu yerda o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafaqat ularning o‘ziga, balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzand- larga faqat salbiy ta’sir etadi, yoshlarning ijtimoiylashuv jarayo- niga to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. «Koncha bolalari», «tarbiyasi og‘ir bolalar», voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblanadi.
Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo‘lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni in- sonlarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham ilm-bilim shunchalik ahamivatlidir. Shuning uchun bu fikr- larning naqadar to‘g‘riligi va ayniqsa, ayol kishi uchun savodlilik va ilmning zarurati to‘g‘risida o‘z vaqtida o‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy shun­day yozgan edi: «11m — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi».
Bobolar va momolar o‘zbek oilasida shaxsni tarbiyalashda be- vosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan ham ko‘ra bobo-buvilarning tarbiyaviy ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Masalan, Amir Temur shahzodalarning tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ bibilari-buvilari shug‘ullanishini lozim topgan. Shunga koha, Saroy-Mulk xonim Shohruh Mirzoni, suyukli na- biralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan.
Shuning uchun ham yurtimizda oila hamisha davlat himoya- sida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezi- larli, hukumat bola tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish uchun har yili xayrli tadbirlar ishlab chiqmoqda.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin