Ijtimoiy psixologiya


R. Bernsning «Men» konsepsiyasi



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə5/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

R. Bernsning «Men» konsepsiyasi
R. Berns «Men» konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini taklif qiladi. Unga ko‘ra «Men» konsepsiyasining asosini o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil etadi. «Men» konsepsi­yasi strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar tashkil qiladi: kognitiv; emotsional; xulq-atvor.
R. Berns «Men» konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik bi­lan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men» konsepsiyasi cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoni- yatlar chegarasini ochib berdi. R. Berns «Men» konsepsiyasi ele- mentlarini quyidagicha tasniflagan:
a) «Men» — anglovchi; b) «Men» — obyekt.
U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovka- larining yig'indisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponent- ga boladi, bu komponentlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish — «Men — anglovchi» — «Men» obrazi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z nav- batida «Men obyekt» bilan bog‘liq boladi.


«Men» konsepsiyasining so‘nggi aspektlari

R. Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga boladi:

  • real (haqiqiy) «Men» ustanovkasi — bu individning o‘z ak- tual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi;

  • oynadagi «Men» ustanovkasi;

  • kelajakdagi «Men» ustanovkasi.

R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog'onada «Men» konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: ijtimoiy men; ma’naviy men; jismoniy men.
R. Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa element- larga nisbatan zaifroq ochib berilgan.
«Men» va uning ijtimoiy psixologik mohiyati
Biz quyida «Men» konsepsiya doirasiga kiradigan tushuncha- larga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men». Shaxsning «Men» konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi «Men» tizimlarini emas, balki shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan «Men»Iarni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik psixolog tadqiqotchi
J. Markus va uning hammualliflarining fikricha, boclishi mum­kin bo‘lgan «Men» o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasav- vurlar — badavlat, yoqimtoy, sevimli «Men»larni oladi (Marcus et al., 1989; Marcus & Nurius, 1986). Bo‘lishi mumkin boigan «Men»ning ichiga shaxs bo‘lishdan qo‘rqadigan «Men»lar ham kiradi — ishsiz «Men», «ikkinchi» Men, yoqimsiz «Men». Bo‘lishi mumkin boigan «Men» shaxsni har doim ma’lum maqsadlarga erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng, shaxs o‘zi intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy «Men»ning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. «Men» konsepsiyasi ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqotlarning asosiy pred- metiga aylandi, chunki u jamiyatdagi ijtimoiy fikrlarni tashkil etadi va shaxsning xulq-atvorini boshqaradi. «Men» konsepsi­yasining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Olim- lar tomonidan egizaklarni tadqiq etish natijalari shunday xulo- sani berganki, shaxsning xarakteri va «Men» konsepsiyasiga irsiy omillarning ta’siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy tajriba o‘ynaydi. Bunda quyidagi omillar asosiy rol o‘ynaydi:

  • biz bajaradigan rollar;

  • biz shakllantiradigan ijtimoiy identifikatsiyalar;

  • atrofdagilar bilan o‘zimizni taqqoslashimiz;

  • yutuqlarimiz va omadsizliklarimiz;

  • atrofdagilarning biz haqimizdagi fikrlari;

  • biz mansub bo‘lgan madaniyat.

Shaxs ijro etadigan rollar. Har qanday shaxs ijtimoiy muhit- ning unga yuklagan yangi roli — institut talabasi, ota-ona, rahbar va shu kabi rollarni ijro etishga o‘tganida o‘zini dastlab «yax- shi» his qiladi. Lekin asta-sekinlik bilan shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari ushbu rollarni o‘ziga singdiradi va bu rollarni eplash- eplamasligiga qarab shaxsning «M.en» konsepsiyasida o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Ijtimoiy identivlik. Shaxsdagi «Men» konsepsiyasi — bu uning o‘zi haqidagi tasavvurlari bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat personal identivlikni (shaxsiy sifatlari haqidagi tasavvurlari), balki ijti­moiy identivlikni ham oladi. Ijtimoiy «Men» tushunchasi irqiy, diniy, jinsiy, kasbiy va h.k. mansublilikni ham bildiradi. Ya’ni ma’lum davraga mansub «biz» tushunchasi va unga kirmaydigan «ular» tushunchasi mavjud. Shaxs qandaydir bir katta guruh- ning tarkibiga kiruvchi kichik guruhning vakili bo‘lsa, o‘z ijti­moiy identivligini aniqroq anglaydi. Shaxsning o‘zini mansub deb bilgan guruhi ko‘pchilikdan tashkil topganida, u bu haqida o‘ylamaydi ham. Erkaklar guruhidagi yagona ayol ham, ruslar orasidagi yagona o‘zbek ham o‘z unikalligini anglaydi. Yotoq- xonadagi bittagina boshqa o‘quv yurtining talabasi, psixologiya fakulteti talabalari orasida o‘zining kasbiy identivligini chuqur- roq sezadi va shunga yarasha reaksiya bildiradi (Kalin & Berry, 1995).
Ijtimoiy qiyoslar. Qanday qilib shaxs o'zini badavlat, aqlli yoki past bo‘yli deb hisoblashga qaror qiladi? Bunda unga ijti- moiy taqqoslash usuli yordam beradi (Festinger, 1954). Atrofda- gi odamlar shaxsga ma’lum standartlar ishlab chiqishga turtki berishadi, bu standartlar yordamida u o‘zini boy yoki kambag‘al, aqlli va aqlsiz, baland yoki past bo‘yli deb aniqlaydi. Atrofdagi- lar bilan o‘zini qiyoslab, ulardan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydi.
Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini yuqori ko‘rsatkichlar bilan tugallab, o‘zining intellektual qobiliyatlariga ishongan ko‘pgina bitiruvchilar obro‘li oliy o‘quv yurtlariga kirib, u yerda o‘ziga o‘xshagan a’lochi talabalarni ko‘rganidan keyin o‘zini endi oldingidek hurmat qilmayotganligini his etishganligini tadqiqotchi- lar aniqlashgan (Marsh et al.. 2000). Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, shaxs o‘zini atrofidagilarga nisbatan qiyoslash orqali o‘zining kimligini anglay boradi.
Muvaffaqiyat va omadsizliklar. Shaxsga «Men» konsepsiyasini qurish uchun material sifatida nafaqat uning ijtimoiy rollari va o‘zini atrofdagilar bilan taqqoslashining natijalari xizmat qiladi, balki bu jarayonda oddiy turmush tarzining ham ahamiyati katta. Shaxs o‘z oldiga qiyin, lekin amalga oshirsa bo‘ladigan maqsad- larni qo‘yib va uni uddasidan chiqishi orqali o‘zining qobiliyatli ekanligini his etishi ham unga o‘zini anglashida yordam bera­di. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan zo‘ravon!ikdan o‘zini himoyalash malakasini egallagan ayol o‘zini kamroq zaif his etadi va vaziyatni ko‘proq boshqara oladi (Ozer & Bandura, 1990). Ilmiy ishlardagi muvaffaqiyatlar talabani ilmiy faoliyatdagi yaroqligiga nisbatan o‘ziga bahoni oshiradi, bu o‘z navbatida uni undan ham ko‘proq ishlashga undab yanada taassurotli muvaffaqiyatlarga erishishga stimullashtiradi (Felson, 1984; Marsh & Young, 1997). Oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida maksimum imkoniyatlarni qidirish va ulardan foydalanish — o‘ziga nisbatan ishonchni ya­nada oshiradi.
Atrofdagiiaming fikrlari. Atrofdagilar tomonidan shaxs erishgan muvaffaqiyatlarning tan olinishi uning «Men» konsepsiyasiga ijobiy ta’sir etadi, chunki atrofdagilar uni ijobiy baholayotganligtni ko‘radi. Shaxs uchun o‘zi haqida yaxshi tomonlarini o‘ylash osonroq, agar atrofdagilar ham xuddi shunday o‘ylasa. Qobiliyatliroq, mehnat- sevarroq yoki yordamga kelishga tayyor deb hisoblangan bolalar, bu sifatlarni o‘z «Men» konsepsiyalari va xulq-atvori tarkibiga «oli- shadi». Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mahalliy jihatdan ozchilik vakillari bo‘lgan talabalar, ularning intellektual qobiliyatlari haqi- dagi stereotipli tasavvurlardan kelib chiqadigan xavfni sezishsa, ayollar esa ulardan aniq va tabiiy fanlar doirasida katta yutuqlarni kutishmayotganligini bilishsa, natijada ular o‘zlarini shu kutishlar- ga mos ravishda tutishadi. Ular bu fikrlarni inkor etishdan ko‘ra, o‘z imkoniyatlarini boshqa sohada amalga oshirishga kirishadilar (Steele, 1997).
0‘z-o‘zini hurmat etish. 0‘z-o‘zini hurmat etish shaxsda- gi mavjud va bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men»larning umumiy yig‘indisimi? Agar shaxs o‘zini jozibador, jismonan baquvvat, aqlli va badavlat va yana muhabbatga loyiq deb bilsa, bu uning o‘zini hurmat qilishi «joyida» ekanligini bildiradimi? Mutaxassislar o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘lish uchun o‘zini chiroyliroq, jis­monan baquvvatroq, aqlliroq va h.k. liklarini his etish kerakligini ta'kidlaganda aynan shuni nazarda tutishadi. Djennifer Kroker va Konn Volfning fikricha, yuqorida ko‘rsatilgan sifatlar haqiqatdan ham o‘zini hurmat qilish, o‘zi bilan g‘ururlanish uchun muhim ahamiyatga ega (Crocker & Wolfe). «Bir odam o‘zini hurmat etish uchun faoliyatidagi muvaffaqiyat va tashqi ko‘rinish kerak bo‘lsa, ikkinchisi uchun Xudoning suyukli bandasi ekanligini va u axloq me’yorlarini buzmaganini bilish muhimroqdir». Demak, agar bi- rinchisiga o‘zini aqlli va chiroyli bo‘lishni o‘rgatishsa, ikkinchisini esa, o‘zini odobli odam deb his etishga o‘rgatgan taqdirda, u o‘zini hurmat qiladi.
Lekin Djonatan Brayn va Keyt Dattonlar o‘zini hurmat etish masalasiga o‘zgacha yondashadilar, ular fikricha, sabab va oqibatning o‘mini almashtirish lozim. Agar odamlar umuman o‘zlarini qadr- lashsa, ular o‘zlarining tashqi ko‘rinishini, o‘zlarining qobiliyatlarini ham qadrlaydilar (Brown & Dutton, 1994).

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin