Ijtimoiy psixologiya


«Men» — obrazi va o‘z-o*ziga baho



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə7/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

«Men» — obrazi va o‘z-o*ziga baho
«Men» obrazining asosiy tarkibiy qismi o‘zini baholashdir. U. Djeymsning original formulasi bo‘yicha uni hisoblash ham mumkin.




Muvaffaqiyat

talabgorlik

= о 'zini baholash


U vaqt o‘tishi bilan va vaziyatlarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. U o‘ziga xos differensial o‘lchovlarga ega, ya’ni o‘ziga baho quyidagi o'lchovlarga ega boladi: yuqori, adekvat va past. Bundan tashqari qo‘shimcha ravishda adekvat past, adekvat yuqori, noadekvat past va noadekvat yuqori ham bo‘lishi mumkin. Yosblikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baholar ostida shakllanadi, bu esa keyinchalik in- teriorzatsiyalanib o‘ziga munosabatga aylanadi. Bu esa ma’lum in- tellektual rivojlanish darajasi bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi (oligofren bolalarda mazmuniy umumlashtirish bo‘lmagani uchun ular barqaror o‘z-o‘zini anglashga ega bo’linaydilar).
«Men» obrazi asosida har bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan ba­holar tizimi shakllanadiki, bu tizim obrazga mos tarzda turli xil bolishi mumkin. 0‘z-o‘zini baholash borasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi kategoriyalarni (masalan, 14, 17 yosh- dagi o‘quvchilar va 30 yoshdagi kattalarni) beshta parametr — jis- moniy sifatlar, shaxsiy muvaffaqiyatlar, intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va mas’uliyat hissiga nisbatan o‘ziga baho berishini taqqoslash so‘ralganda, ularning yosh o‘tgan sayin individual variatsiyalari ortganligi kuzatilgan. Bolalikda o‘zini hamma sifatlar bo‘yicha bir xil baholash xos bo‘lsa, katta yoshdagi respodentlar o‘zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq ang- laganligi aniqlangan. Bu esa ularning shaxsiy tajribasi ortganligi bilan bog‘liq, bu o‘z navbatida shaxsning kognitiv jihatlari ortishi- ning natijasidir, ya’ni shaxs ulg‘aygan sayin unda o‘z «Men»ining turli tomonlarini baholash qobiliyati kengayib boradi.
Faoliyatning muvaffaqiyati uchun odam o‘zining real imkoni- yatlarini yuqoriroq baholashi darkor, shu orqali u o‘z-o‘zini mo- tivlashtiradi. Obyektiv imkoniyatlariga nisbatan o‘z-o‘zini past baholash depressivlik, shaxsning nevrozga moyilligidan darak beradi. Salbiy «Men» konsepsiyasi odamning faoliyat va mulo- qot doirasini chetlovchi psixologik himoya mexanizmlarining ko‘payishiga olib keladi.
0‘zini qabul qilish shaxsning o‘zini faollashtiruvchi asosdir. Ijtimoiy mazmundagi kasb egasi bo‘lgan kishi o‘zi haqidagi bili- mini chuqurlashtirishi va o‘zidagi salbiy «Men» konsepsiyasini bartaraf etishi darkor.
0‘z-o‘zini yuqori baholash uchun ma’lum shart-sharoitlar bo‘lishi lozim:

  1. faoliyatlaridan birida xususiy yutuqlarning mavjudligi;

  2. muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda rad etilishdan qo‘rqmaslik;

  1. atrofdagilarning unga nisbatan ijobiy munosabatda ekanli- giga ishonch;

  2. boshqalar bilan o‘zini solishtirmaslik.

Noadekvat o‘zini yuqori baholash shaxs uchun hayotiy qiyin- chiliklar manbaiga aylanishi mumkin; o‘ziga nisbatan tanqidiylik bilan qarashga asoslangan noadekvat past baho esa infantilizm- ga, mas’uliyatsizlikka, o‘z faoliyatini tashkil eta olmaslik, uning natijalarini ko‘ra bilmaslik va odamlar bilan munosabatga kirisha olmaslikka olib kelishi mumkin.
O'zini baholash ichki talabgorlik, ya’ni odam o‘z oldiga amal­ga oshirish qiyin boigan maqsad va muammolarni qo‘yishi bilan uzviy bog‘liq. Agar odam o‘z muammolarini va maqsadini hal eta olmasa, u o‘zidagi ichki talabgorlikni kamaytirishi kerak.
0‘z-o‘ziga nisbatan baho shaxsning turli sifatlari, ijtimoiy tajribasi va o‘zi erishgan yutuqlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni ma’lum bir muvaffaqiyat natijasida o'ziga baho ortib ketsa, aksincha muvaffaqiyatsizlik natijasida pasa- yib ketishi mumkin. 0‘ziga baho aslida boshqalarning shaxsga nisbatan real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni uning o‘zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq holda shakl- lanadi. Masalan, oliy o‘quv yurtidagi talaba uchun hurmatli, qadrli boigan o‘qituvchisining unga nisbatan ijobiy munosabati va doimiy maqtovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshiradi, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati yoki tanbehi ham bu bahoni pasaytira olmasligi mumkin. Chunki bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u subyektiv xarakterga egadir.
0‘z-o‘ziga bahoning past bolishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e'tirozlarning doimiy tarzda bildi- rilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyat- sizliklar natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunday holda shaxs tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chet- roqda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar, xatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, o'zining real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
0‘z-o‘ziga bahoning o‘ta yuqori bo‘lishi ham shaxs xulq-at- voriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki yuqori baho ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chet- lab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida no- chorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi. Shaxs tomonidan «... xalaqit berdi-da», «...bo‘lmaganida, albatta uddalagan boiardim» kabi bahonalarning ko‘payishi aynan shu bilan bog‘liqdir. Bunday shaxs bilan qanday omadsizlik sodir bo‘lmasin, u aybdor sifati- da o‘zini emas, balki atrofdagilardan kimlarnidir yoki sharoitni, hech bo'lmaganda taqdirni aybdor deb hisoblashga odatlanadi. Bunday shaxslar asta-sekin atrofdagilar tomonidan «oyog‘i yer- dan uzilgan», «manmaii», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan tahlil etila boshlanadi. Demak, o‘z-o‘ziga baho real, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqin- larning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarda ko‘rsatilgan kam- chiliklarni yoshligidanoq xolis qabul qilishga, kerak bo‘lsa o‘z vaqtida to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun eta­lon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi — referent guruhning roli katta bo‘ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, ba’zida maqtov aralash bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real hayotda mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal, «kumir») bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘Iib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat me’yoriariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho — o‘z- o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masaian, mus- taqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadri- yatlarimizning singishi, vatanparvarlik, adolatlilik, fidoiylik sifatlarining shakllanishi va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiyki, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadr- lash hislarini rivojlantirmoqda. Bu esa o‘sha milliy o‘zlikni ang- lashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin