Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə53/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Diskriminatsiya
Jamiyatdagi shaxslararo munosabatlarda ba'zi toifa vakillariga nisbatan diskriminatsiya asosida yondashish kuzatiladi.
Diskriminatsiya umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituv- chi har qanday ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko‘rishni bildiradi. Amerikalik psixolog Chaldinining flkriga ko‘ra, shaxslar orasida bir-biriga nisbatan diskriminatsiyaning yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: «ijtimoiy, iqtisodiy, diniy, irqiy, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, jinsiy oriyentatsiyasi va boshqa diskriminatsiyalar».
Barcha ko‘rinishdagi cheklashlarni avtomatik tarzda inson huquqlarining buzilishi, ya’ni diskriminatsiya deb hisoblash mumkin. Agar ular mantiqan muvofiq va obyektiv kriteriyalarga asoslangan bo‘lsa, ushbu cheklashlar oqlanishi mumkin.
Diskriminatsiyaning o‘ziga xos bo‘lgan uchta elementi mavjud bo‘lib, biz diskriminatsiyaning barcha koYmishlari uchun ana shu asosiy elementlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
Harakat — ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko‘rish kabi diskriminatsiyalovchi harakatlarni kvalifikatsiya qilishni anglatadi.
Sabablar — irqiy, tana rangi, kelib chiqishi, milliy, etnik kelib chiqishi, jinsi, yoshi, jismoniy barkamollik va boshqalar kabi shax- siy tavsif diskriminatsiya sabablari hisoblanadi.
Maqsad yoki oqibat — diskriminatsiya o‘zining maqsadiga ega bo‘lib, buning oqibatida jabrlanuvchilar, qurbonlarning in- soniy huquqlari va asosiy erkinliklariga to'sqinliklar yaratilishi, qo‘llanilishi yoki amalga oshirilishi mumkin. Bu borada odamlar yoki ma’lum bir guruhlarga nisbatan subyekt tomonidan amalga oshirilmoqchi bo‘lgan (maqsadi bayon etilgan) bevosita diskrimi­natsiya va ko‘rinishidan neytral vaziyatga ega, choralar afzalligini haqiqatdan ham boshqalarga nisbatan solishtirganda bir odam, guruhga berilishiga sabab boigan oqibatiarga dahldor bo‘lgan bil- vosita diskriminatsiyani ajrata olish zarur.
Diskriminatsiyani tushunish uchun unga beriladigan qo‘shimcha tavsiflar mavjuddir. Bular:

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin