Sotsiobiologik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlari evolutsion nazariya tarafdorlaridan farqli o'laroq. tabiiy tanlash jarayonini tushuntirishda o‘ziga xos asoslarni taklif qiladilar, ularning asosiy fikriga ko‘ra inson xulq-atvorida genlarning ta’siri kattadir, ya’ni agressiv xulq insonning boshqa avlodlarida ham saqlanib qolishi ta’minlanadi. Ular «...individuumlar Altruizm va o‘zini qurbon qilish yo‘li bilan bo‘lsa-da, o‘xshash genliklarga (ya’ni qarindosh- lariga) yashab ketish uchun yordam ko’rsatadilar va o‘z genlari- dan farq qiluvchi (qarindosh bo‘lmagan)larga nisbatan agressiv munosabatlarda bo‘ladilar, degan farazni isbotlaydilar. Agressiv xulqdagi individuumlar begonalarga zarar yetkazish uchun har qanday vaziyatdan fovdalanadilar va hatto ularning o‘zlaridan nasi qoldirish imkoniyatlarini ham chegaralab qo‘yishgacha yetib boradilar. Agressiyaning foydali jihati shuki, u (ya’ni agressiya) maz- kur individuumni genetik yaroqliligini oshiradi. Agressiv raqo- batchilik biron-bir turni o‘limga olib kelsa, bu turda genetik layo- qatlilikni oshirish imkoni bo‘lmaydi. Shunga asoslangan holda ijtimoiy biologlar quyidagi fikrni ilgari suradi: agressivlik — in- dividuumlarning mavjud resurslardan o‘z hissasini olish vositasi bo‘lib, o‘z o‘rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan, genetik darajada) omad olib keladi. Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi Boshqalaridan farqli odaroq bu nazariya zaruriy mustahkam- lash bilan bogdiq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan xulq- atvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori o‘rganiladi. Bu nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib olish, provokatsiya qilish (qayrash) va boshqarishni tushuntirib beradi. Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun quyidagi vaziyatlarni e'tiborga olish talab qilinadi: Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari.
Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qay- rovchi) omillar.