Ijtimoiy psixologiya


D. Bassning agressiya kategoriyalari



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə65/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

D. Bassning agressiya kategoriyalari

Agressiya tipi

Misollar

Jismoniy-aktiv- to‘g‘ri

Odamni sovuq qurol bilan jarohatlash, uni kaltak- lash va o‘qotar qurol bilan yaralash

Jismoniy-aktiv- egri

Qopqon-minalarni qo‘yish; yollanma qotil bilan dushmanini yo‘q qilish uchun til biriktirish

J'ismoniy-passiv-
to‘g‘ri

Odamning maqsadga erishishiga yoki ista- gan faoliyati bilan shug‘ullanishiga (masaian, o‘tirib o'tkaziladigan namoyish) jismonan уо‘1 qo‘ymaslikka harakat qilish

Jismoniy-aktiv- egri

Zarur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masaian, o'tirib o'tkaziladigan namoyish paytida hududni bo'shatib qo'yishdan bosh tortish)

Verbal-aktiv- to‘g‘ri

So‘z bilan haqoratlash yoki boshqa odamni kamsi- tish

Verbal-aktiv-egri

Boshqa odamga tuhmat qilish yoki u haqida mish- mishlar tarqatish

Verbal-passiv- to‘g‘ri

Boshqa odam bilan gaplashishdan, uning savol- lariga javob berishdan bosh tortish va boshqalar

Verbal-passiv- egri

Aniqlik kiritishdan va tushuntirib berishdan bosh tortish (masaian, nohaq tanqid ostiga olingan odamni himoyasi uchun biron-bir gap aytishdan bosh tortish)


Agressiyaning turli: bevosita jismoniy kuch ishlatishdan, ra- qibni so‘z bilan haqoratlab unga tahdid qilishdan tortib, boshqa bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan noxushliklarga shama qiluvchi bilvosita ta’sir ko‘rsatish shakl- lari kuzatiladi. Shuningdek, agressiyaning ijtimoiylashuvga bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasiga boruvchi shakllari ham ma’lum. Psixologiyada agressiv xulq-atvor quyidagicha klassi- fikatsiya qilinadi:

  1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib ketish, jahl kelganda o‘zini yo‘qotib qo‘yish).

  2. Agressiyaning jismoniy og‘zaki va boshqa butun jamiyat uchun nomaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog'liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksilijti- moiy xulq-atvor me’yorlarining mustahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi).

  3. Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha o‘zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkoni- ni beruvchi xususiy sifatlarni to‘liq shakllanganligi bilan bog‘liq agressiyaning turli ko‘rinishlari (ta’lim-tarbiya ko‘rmaganlik).

  4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlari- ni poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladi- gan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qat’iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar.

Agressiv xulq-atvor bu inson bilan vaziyatning o‘zaro ta’siri natijasidir. Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega bo'lib, bar­cha xossalar kabi u ham turli darajalarda ifodalanadi. Deyarli to‘liq nomavjudlikdan to yetarlicha rivojlangan agressivlikkacha namoyon boiadi. Agressivlik har bir shaxsda ma’lum miqdor- da mavjud bo‘ladi. Agressivlik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar boshqalarga nisbatan agressiv reaksiyalarni namoyon etishga ko‘proq moyil bo'ladilar. Agressiv reaksiyalarga boshqa odam- larni qoralash, haqoratlash yoki ularga jismoniy zarar yetkazishga yo‘naltirilgan reaksiyalarni kiritishimiz mumkin.
Agressiv xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. Agressiv xatti-harakatlar shaxsga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy zarar yetkazishi, destruktiv xulq-atvorning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bar- taraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agres- siv xatti-harakat qiluvchi shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun turli xil dalillarni keltiradi va o‘z aybini soqit qilishga uri- nadi. Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional ho- lati bo‘lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

  • nerv-psixik kasalliklar^, inson nerv sistemasining nihoyatda charchaganligi;

  • oiladagi psixologik muhitning nosog‘lomligi va ota-onalar- da pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi;

  • shaxsning xarakter, xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashu- vi.

Agressivlikning me'yordan ortishi natijasida shaxsda asab tizi- mining buzilishi, nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malaka- larning pasayishi, o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olmaslik, ishonch hissining yo‘qolishi, o‘z-o'zini boshqara olmaslik, xavotirlanish darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy oqibatlar kuzatiladi.
Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xatti- harakatlarning namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini il- miy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko‘rinishni chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga ay- lanmoqda.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin