Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari Kuzatish
Tashqi kuzatish
Ichki kuzatish
Eksperement
Tabiiy
Laboratoriya
Suhbat, biografiya
Intervyu
Anketa
Ijtimoiy psixologiya ilmiy tadqiqot metodlari.
Umumiy psixologiyada ham kuzatish metodi qo`llaniladi, kuzatuv ob’ekti konkret shaxsdagi psixik faoliyat hamda, shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish mumkin bo`lgan ijtimoiy xulqidir. Ya’ni, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan reja asosida o`zi o`rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-harakatlarni ma’lum vaqt birligida muttasil kuzatib, olingan ma’lumotlarni qayd etib boradi. So`rov metodlari. Bular suhbat, intervyu, anketa metodlaridir. Ushbu metodlar psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlar qatoriga kiradi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va sub’ektiv bir-birini tushunishiga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay juda ko`p psixologik ma’lumotlarni to`plashda so`rov metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelimoqda. So`rov metodlari psixologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladi, ayniqsa, anketa so`rovi va intervyu shular jumlasiga kiradi. Bu metodlarni qo`llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi: 1)-doim shaxslararo munosabatlar, o`zaro ta’sir shakllari mavjud. 2)-tadqiqotchini sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. A n k e t a metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savolar ma’lumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.