234. Ijtimoiy siyosatning Institutsional qayta taqsimlash modeli qanday tavsiflanadi? a) sinflararo ittifoqlarning bo'lmasligiga qaramasdan, davlat umumfarovonlikka, kambag'al qatlamni o'z himoyasiga oladi;
b) ijtimoiy ta'minotga davlatning qo'shimcha iqtisodiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi;
c) keng qamrovli nodavlat, ijtimoiy bozor, jamiyat ehtiyojlari va xizmatlar ta'minotiga asoslangan;
d)*universal huquqlar asosida davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar industrial jamiyatning normal funktsiyalari sifatida qaraladi.
235. Ijtimoiy siyosatning Sanoat modeli qanday xarakterlanadi? a) sinflararo ittifoqlarning bo'lmasligiga qaramasdan, davlat umumfarovonlikka, kambag'al qatlamni o'z himoyasiga oladi;
b)* ijtimoiy ta'minotga davlatning qo'shimcha iqtisodiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi;
c) keng qamrovli nodavlat, ijtimoiy bozor, jamiyat ehtiyojlari va xizmatlar ta'minotiga asoslangan;
d) universal huquqlar asosida davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar industrial jamiyatning normal funktsiyalari sifatida qaraladi.
236. Davlatning farovonligini bir-biriga bog'liq uch darajada ko'rib chiqishni kim taklif etdi? a) K.Bart;
b)*Esping-Andersen;
c) D.Merrik;
d) Jan-Klod Yunker.
237. Qaysi modelga ko’ra, har bir fuqaroning minimal darajadagi ijtimoiy ta'minot va himoya qilinishi huquqlari kafolatlanadi? a)*Beveridj modeli;
b) Bismark modeli;
c) Ijtimoiy himoya modeli;
d) Korporativ model.
238. Aholining ijtimoiy himoyasi bevosita uning professional faoliyati bilan bog'liqligini qaysi model nazarda tutadi? a) Beveridj modeli;
b)*Bismark modeli;
c) Ijtimoiy himoya modeli;
d) Korporativ model.
239. Korporativ modelga ko’ra, … ? a) aholining sug'urtalanishi, ularning o'zlari tomonidan jamg'arib borilgan mablag' asosida moliyalashtiriladi;
b)*yirik korporatsiyalar o'z xodimlarini yaxshi mehnat qilishlarini rag'batlantirishadilar;
c) kasallikka bo'lgan minimal sug'urtalash kafolatlari mavjud, nafaqa esa mehnat stajidan qat'iy nazar, har bir fuqaroga minimal darajada tayinlanadi;
d) kambag'al inson uchun boylar to'laydi, kasal inson uchun sog'lom inson to'lashi ko'zda tutiladi.