Ijtimoiy tarmoqlar marketingi strategiyalaridan foydalanish mexanizmlari


-rasm. Ijtimoiy medianing brend sodiqligiga ta'siri 6



Yüklə 49,19 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü49,19 Kb.
#180783
1   2   3   4
Tezis 2

1-rasm. Ijtimoiy medianing brend sodiqligiga ta'siri 6
Keyingi bosqich, SWOT tahlili kompaniyaning hozirgi holatini tahlil qilish uchun klassik vositadir. U bizga tadqiqot jarayonida qo'llaniladigan strategiyaning muvaffaqiyati ehtimolini aniqlashga yordam beradi. U yordamida korxona kamchilik va xavflarni aniqlab ularni bartaraf etishi evaziga ustunlik jihatlarni orttirib, ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini takomillashtirib boraveradi.
Albatta, hozirgi kunda nafaqat bozor ko’lamida balki ijtimoiy tarmoqlarda ham raqobat ortib bormoqda. N.D. Eriashvili o’z ilmiy tadqiqotlarida raqobatbardoshlik raqobat sharoitida vujudga keladi, ya’ni bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mustaqil iste’molchilar uchun o’z xizmatlarini mustaqil ravishda taklif etishadi deb tushuntiradi7. Korxona raqobatbardoshligini oshirishda to’gri strategiyalarni qo’yish albatta bu maqsadli auditoriyaga bog’liq, sababi ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish kerak. Ya’ni bizning maqsadli mijozlarimiz xatti-harakatiga yondoshsak, biz shundagina to’g’ri yo’l tanlaymiz.
Maqsadli auditoriya - bu aloqa, ommaviy axborot vositalari, o'yin-kulgi, ma'lumot yoki reklama uchun asosiy maqsad sifatida belgilangan odamlar guruhi. Aniq belgilangan maqsadli auditoriya kontentlaringizni auditoriyangizga moslashtirish va qo’yilgan maqsadga erishish mumkin bo'lgan yo'llarni topish uchun ishlatiladi (Spacey, 2017). Bu juda aniq ta'rif, ayniqsa biz ijtimoiy media haqida gapirganda, chunki maqsadli mijozimiz SM xabarimiz formatini va qaysi platformalardan foydalanishimizni belgilaydi.
Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahridagi Vestminster universitetida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi o’zbekistonlik foydalanuvchilar sonini e’lon qildi (2-rasm).8




Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin