Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti


Hozirgi zamondagi o’zgarishlar



Yüklə 52,94 Kb.
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü52,94 Kb.
#160818
1   2   3   4   5   6
Joniqulova Umida

Hozirgi zamondagi o’zgarishlar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRSISA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy va geopolitik imkoniyatlari bilan dunyo e’tiborida ekanini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, mintaqada azaldan yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik, savdo iqtisodiy va ilmiy-madaniy aloqalar rivojlangan. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani geopolitik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya ham mintaqa xalqlari o‘rtasidagi mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, targ‘ib va tadqiq etish maqsadlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich ham o‘z tabrigi bilan qatnashdi. Konferensiya “Markaziy Osiyo mintaqasida islom madaniyati va san’ati”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy-ma’naviy merosi”, “Markaziy Osiyo tarixiy yodgorliklari epigrafikasi va arxitekturasi” hamda “Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odat va an’analaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik” kabi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda davom etdi. Qatnashchilar tomonidan “Islom sivilizatsiyasida xattotlik san’atining o‘rni va IRCICAning xattotlik san’atiga qo‘shgan hissasi”, “XIX-XX asrlarda Turkiston o‘lkasida vaqf an’analarining o‘ziga xosliklari”, “Boburiylar davlati madaniy hayotida Termiziy xattotlar”, “O‘zbekiston tarixiy yodgorliklarini o‘rganishning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ahamiyati” va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi. Konferensiyada so‘zga chiqqanlar Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xulosa
Islom dini g’oyalari va qadriyatlari, unga e’tiqod qiluvchi xalqlar milliy ongning
rivojlanishida bir turtki bo’lib asta-sekin ma’naviy ruhiy jihatdan jipslasha borib,
yagona maslakdoshlar jamiyati vujudga kela boshladi. Zero, bu qadriyatlar va ruhiy
bilimlar mohiyatini ezgulik va poklikka da’vat etuvchi g’oyalar tashkil etgan.
Zardushtiylik dinining ezgulik yovuzlik ustidan pirovardida tantana qilish
To’g’risidagi g’oya bilan tarbiyalanib kelgan xalqlar uchun islomdagi insonparvarlik va ma’rifatpvarvarlik g’oyalari bir-birini to’ldirgandi.
Diniy qadriyatlar, marosim va an‟analarning shakllanishi uzoq tarixiy davrlarga
borib taqaladi. Ibtidoiy din shakllaridan boshlangan bu jarayon milliy va jahon dinlari shakllanib, keng yoyila boshlagan paytlarda ancha rivojlangan. Hozirgi diniy
qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma‟naviy-axloqiy taraqqiyot bilan mustahkamlangan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.Milliy ma‟naviyatimizning qadimiy ildizlari, shu jumladan islomiy qadriyatlari, noyob va betakror namunalarini tadqiq etish, ularni bugungi kun talablari bilan bog’liq holda boyitib targ’ib etishning yangi bunyod etilayotgan
fuqarolik jamiyati uchun ahamiyati kattadir. Istiqlol yillarida buyuk
bobokalonlarimizning ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish,
yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har
tomonlama uyg’onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan islom
falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o’rganish,
targ’ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan baxramand qilishga katta yo’l ochdi.
XULOSA
Din kirib kelishi bilan qadriyatlar tizimiga ta‟sir qiladi va yangi qadriyatlar
yangi an‟analar shakllanadi.Qadriyatlar tizimida o‟zaro yangi insoniylik g‟oyalar
tolerantlik g‟oyalari shakllanadi.



Yüklə 52,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin