Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti



Yüklə 52,94 Kb.
səhifə1/6
tarix24.10.2023
ölçüsü52,94 Kb.
#160818
  1   2   3   4   5   6
Joniqulova Umida


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIy TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI
17-22 guruh talabasi
Joniqulova Umidaning
Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:

TOSHKENT 2023
МUNDARIJA
1. Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, g’oyalari...4
2. Islomda axloqiy qadriyatlar……………………………...………….....13
3. Islom dinining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni.................................19
4. Hozirgi zamondagi o’zgarishlar……………..……………………...…24
Хulosa.........................................................................................................25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………….................................26


Kirish
Ma’naviy va diniy qadriyatlarimiz tarixan uyg‘un holda rivojlanib takomillashib borgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyatlar rivojida an’anaviy islomning o‘ziga xos o‘rni bor. Insoniy fazilatlarning eng yuqori cho‘qqisi, shubhasiz, odob durdonalaridir. Xususan, bugungi kunda komil insonni kamol toptirishda ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati beqiyos. Bu borada, millatimizning ma’naviy qadriyatlari haqida gap ketganda uzoq asrlar qa’rida yuzaga kelgan, vatanparvarlik, do‘stlik, tinchliksevarlik, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, muruvvat, andisha, or-nomus, halollik, mehr-oqibat, birodarlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlari kabi ezgu insoniy fazilatlarni alohida ayd etish lozim. Mintaqamizda o‘n asrdan ortiq mavjud bo‘lib kelayotgan islom dini xalqimizning ana shunday beqiyos ma’naviy qadriyatlarida chuqur aks etib turadi. Shu o‘rinda bitta nozik nuqtaga e’tibor qaratish zarur. Nafaqat yurtimizda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida deyarli ming yildan beri islom dini bilan bog‘liq qadriyatlarimiz hanafiy mazhabi asosida shakllanib kelgan. Hanafiy mazhabining bag‘rikenglik tamoyillari shariatga zid bo‘lmagan milliy urf-odat va an’analarni saqlanib qolishdagi o‘rni beqiyos. Biz hozirda faxrlanib yodga oladigan ajdodlarimizning aksari mana shu mazhab vakillari bo‘lganlar. Demak, ayta olamizki, milliy va diniy qadriyatlarimiz qatorida hanafiy mazhabi an’analari ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Hozirda, yurtimizga chetdan kirib kelayotgan, xalqimizning asrlar davomida shakllangan e’tiqodiga zid bo‘lgan turli begona diniy oqim va firqalar nafaqat muqaddas dinimizga, balki, bevosita ma’naviy qadriyatlarimizga ham tajovuz ekanini anglab yetishimiz kerak. Yurtimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari kabi buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosini, xususan, hanafiy mazhabi ulamolarining merosini hamda moturidiylik aqidaviy ta’limotini o‘rganish va targ‘ib qilish markazlari faoliyatiga bejiz asos solinmadi. Demak, to‘laqonli ishonch bilan ayta olamizki, hanafiy mazhabi va moturidiylik ta’limoti – xalqimizning ma’naviy qadriyatlari bilan mujassamdir. Nafaqat bizning, balki mintaqmizdagi qardosh va dindosh xalqlarning ham muqaddas qadriyatidir.




  1. Yüklə 52,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin