Ikkinchi tartibli chiziqlar. Aylana va ellips II tartibli tenglama va chiziqlar



Yüklə 72,83 Kb.
səhifə8/16
tarix22.12.2023
ölçüsü72,83 Kb.
#190591
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Ikkinchi tartibli chiziqlar. Aylana va ellips II tartibli tengla-fayllar.org

Yechish: Dastlab, masala shartiga asosan, parabolaning p parametrini topamiz:
|ОF|=4  р/2=4  р=8.
Unda, (5) formulaga asosan, parabola tenglamasini topamiz:

y2=2рху2=28х=16х.
Bu yerdan direktrisa tenglamasi x=p/2 => x=–4 ekanligini ko‘ramiz.
Shuni ta’kidlab otish kerakki, y=ax2+bx+c (a≠0) kvadrat uchhadning grafigi uchi koordinatalari
bo‘lgan M0(x0 ,y0) nuqtada, simmetriya o‘qi esa OY o‘qiga parallel va x=–b/2a tenglamaga ega bo‘lgan vertikal to‘g‘ri chiziqdan tashkil topgan paraboladan iboratdir. Agar a>0 bo‘lsa, parabola yuqoriga, a<0 bo‘lsa, pastga yo‘nalgan bo‘ladi.
Parabolaning iqtisodiy tatbig‘iga doir bir misol keltiramiz. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi x, uning bir birligining narxi P va ishlab chiqarish xarajatlari Z bo‘lsa , bu ko‘rsatkichlar P=ax+b (a<0) va Z=cx+d (c>0) ko‘rinishda chiziqli bog‘langan deb olish mumkin. Unda bu mahsulotni sotishdan olingan tushum T va foyda F bilan mahsulot hajmi x orasidagi bog‘lanish

T=Px=ax2+bx , F=T – Z= ax2+bx – (cx+d)= ax2+(b – c)xd
ko‘rinishdagi kvadrat uchhadlar, ya’ni parabolalar orqali ifodalanadi.


    1. Dekart koordinatalar sistemasini almashtirish

Ko‘p hollarda berilgan masala yechimini soddalashtirish, chiziq tenglamasini ixcham va qulay ko‘rinishda yozish uchun berilgan XOY Dekart koordinatalar sistemasidan boshqa bir X*O*Y* Dekart koordinatalar sistemasiga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bunda uch hol bo‘lishi mumkin.




Yüklə 72,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin