Ikkinchi tartibli sirtlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108754
1   2   3   4
Geometriya-Ikkinchi tartibli sirtlar

Konus sirt
Berilgan L chiziqini kesuvchi va berilgan P nuqtadan o’tuvchi barcha to’g’ri chiziqlardan tashkil topgan sirt konus sirt deb ataladi. Bunda L chiziq konus sirtning yunaltiruvchisi, konus sirtini tashkil etuvchi to’g’ri chiziqlarning har biri unng yasovchisi, P esa konus sirtning uchi deyiladi (5-chizma).
Misol uchun uchi koordinata boshida, yo’naltiruvchi esa z=c tekislikda yotuvchi va yarim o’qlari a va b lar bo’lib
(13).
ellipsdan iborat bo’lgan konus sirtini qaraymiz. Bu sirt ikkinchi tartibli konus deyiladi.
Ellipsoid
Ushbu
(14)
tenglama bilan aniqlangan sirt ellipsoid deb ataladi. a, b, c sonlar ellipsoidning yarim o’qlari deb ataladi. Bu tenglamada x;y;z o’zgaruvchi koordinatalar juft darajada qatnashganligi uchun ellipsoid koordinata tekisliklariga simmetrik joylashgan bo’ladi. Ellipsoidning formasini tasavvur qilish uchun uni koordinata tekisliklar bilan kesamiz. Masalan, (14) ellipsoidni oxy tekislikka paralel bo’lgan z=h tekislik bilan kessak kesimda ellipis hosil bo’ladi. Haqiqatan

tenglamalardan z ailikatani chiqarsak

chiziq hosil bo’ladi. Bundan

6-chizma.
hosil bo’ladi. Bu esa yarim o’qlari qavs ichida turgan sonlardan iborat bo’lgan ellipsdan iboratdir. Ellipisoid boshqa koordinata tekisliklariga parallel tekisliklar bilan kesish natijasida kesimda ellipslar hosil bo’lishini ko’rish qiyin emas. Ellipisoid 6-chizmada tasavirlangan ko’rinishga ega.
Ko’rinib turibdiki, ellipsoidni koordinata tekisliklari bilan kessak ham kesimda ellipslar hosil bo’ladi. Xusussiy holda a=b bo’lsa (14) tenglama ellipisoidni, a=b=c bo’lsa sferani ifoda etadi.
G iperboloidlar
    1. Bir pallali giperboloid


Ushbu
(15)
tenglama bilan aniqlanadigan sirt bir pallali giperboloid deb ataladi.
Bir pallali giperboloidni y=0 tekislik bilan kessak, 0xz tekislikda yotadigan ABCD giperbola hosil bo’ladi. Uning tenglamasi
(16)
Xuddi shuningdek bir pallali giperbolaidni x=0 tekislik bilan kessak kesimda EFGH giperbola hosil bo’lib unming tenglamasi.
(17)
dan iborat bo’ladi (7-chizma).
Bir pallali giperbolaidni z=h tekislik bilan kesilsa teng-lamasi qo’yidagi ko’inishda bo’lgan BFCG ellips hosil bo’ladi:
(18)
Agar h=0 bo’lsa eng kichik yarim o’qlara ega bo’lgan oxy tekislikda yotuvchi ellips hosil bo’ladi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin