O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi
Toshkent Moliya Instituti
MHBA yo’nalishi 60/23- guruh talabasi
Ikromov Ahmadjon
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayorlagan
Oraliq nazorati
Bajardi: Ikromov Ahmadjon
Qabul qildi: Xolbekov Abdujamol
Topshiriq
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
O’zbekistonda dmokratik, fuqoralik jamiyati asoslarining shakillanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
O‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o‘rtalariga kelib sovetlar saltanati kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan bo‘lsada, xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi. kelgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo‘lsada so‘ngan emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945) da ham, urushdan keyingi davrda ham turli ko‘rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o‘zining yangi bosqichiga kirdi. Sovetlar va kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun afyundir» degan qoidani asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. I.B.Usmonxo‘jayev O‘zKP XXI syezdida hisobot ma'ruzasida bunday degan edi: «Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib kelmoqda. Shu viloyatning shahar va rayonlarida ro‘yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga xilof ravishda ish ko‘rib kelmoqda, o‘smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy aqidalarni o‘rgatish faktlari aniqlandi. O‘zbekiston milliy mustaqilligi uchun kurashning ikkinchi yo‘nalishi - umumma'rifiy harakat, siyosiy va demokratik erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo‘nalishning asosini O‘zbekiston ziyolilarining ilg'or taraqqiyparvar so‘l qanoti tashkil etadi. 1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g'risidagi qonunni qabul qildik, bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini yaxshiladi» . O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O`zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo‘ldi. 1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj-lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma'naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g'ri-sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo‘llabquvvatlandi. Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida respublikada katta ish qilindi. O‘zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g'risidagi moddalar ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi.
1991-yilga kelib sobiq Ittifoqda millatlararo munosabatlar shu darajada keskin tus oldiki, SSSRning batamom parchalanish xavfi ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. Bu davrda Litva, Latviya, Estoniyadan so‘ng Gruziya va Ozarbayjon xalqi o‘z davlat mustaqilligini e'lon qilgan edi. Mana shunday og'ir bir paytda markaz SSSRni saqlab qolish niyatida ayyorlik bilan turli xildagi tuzoqlarni ishlab chiqqan edi. Ana shunday tuzoqlardan biri 1991-yil aprelida Moskvaga yaqin Novo-Ogorova degan joyda SSSR Prezidenti va 9 ta ittifoqchi jumhuriyatlar rahbarlari imzolagan bitim edi. Bu bitim «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni yengishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g'risida qo‘shma bayonot» deb ataladi. Bu bayonot «9+1» (to‘qqizta respublika va markaz) degan nom oldi. Ammo bu bayonot ham bajarilmadi va quruq qog'ozda qolib ketdi. Mana shunday sharoitda KPSS Markaziy Komiteti va Sovetlar hukumatining bir guruh rahbarlari 1991-yil, 19-21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishi tayyorladilar. Ularning asl maqsadmuddaolari mamlaktda harbiy diktatura o‘rnatish va zo‘rlik vositasi bilan SSSRni saqlab qolishdan iborat edi. Natija esa teskari yakunga olib keldi. Tarixga GKCHP nomi bilan kirgan davlat to‘ntarishi voqeasi dunyodagi so‘nggi mustamlakachi saltanat - SSSRning batamom parchalanishini tezlashtirgan asosiy omil sifatida xizmat qildi. Shunday qilib 74 yil umr ko‘rgan qizil mustamlakachi saltanat erk va milliy ozodlik kurashlari ta'siri ostida parchalandi. «O‘zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalmish xalq sha'ni va shuhratiga qora dog' sifatida yopishtirilgan ishning qayta ko‘rilishi va 1991-yil martiga qadar 2 ming kishining oqlanishi, Stalincha qatag'onliklar tufayli 20-50-yillarda tuhmat bilan nohaq ayblanganlardan gardanidagi tavqi-la'nat gunohlarning olib tashlanganligi O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muhitning sog'lomlanishiga albatta ijobiv ta'sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston rahbariyati kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yishida ham o‘zining mustaqil yo‘lini belgilab oldi. Bu borada asosiy e'tibor mahalliy xalq vakillariga qaratildi. Albatta bu hoi ham xalqning ruhiy kayfiyatini ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston hukumatining dinga va diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabti keskin o‘zgardi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqli sur'atda ta'kidlaganidek «...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzuldan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalish din erkinligini, islom bilan chambarchas bog'liq milliy urf-odatlarga rioya qilish erkinligini yaratib berishdan iborat edi. Biz uzoq va orziqib kutilgan ana shu erkinlikni so‘zda emas, amalda ta'minladik». Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an'analaridan biri va doimo e'zozlab kelgan bayrami «Navro‘z» qaytadan tiklandi va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ro‘za hayit va Qurbon hayitlariga yangi hayot baxsh etildi. O‘zbekistondan harbiy xizmatga chaqiriladigan yigitlar, respublika hududida o‘z burchlarini o‘taydigan bo‘ldilar. Albatta bu tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga xalqning munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirdi va mamlakatda ijtimoiy-siyosiy muhitni barqarorlashtirdi. Islom Karimov respublika prokurori lavozimiga Usatovdan keyin milliy kadr tayinlanishini Markazdan talab qiladi va buni uddasidan chiqadi 1990-yil, 31- oktabrda Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini ta'minlash maqsadida B.Mustafoyev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tasdiqlandi. Bu yurt tarixida birinchi marta respublikada prokurorning respublika Oliy organi tomonidan tasdiqlanishi edi. Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu ish respublika prokuroriga mustaqil faoliyat yuritish, prokuratura organlarini nomunosib kadrlardan tozalash imkoniyatini yaratdi. Prezident tomonidan respublika Bosh prokurori zimmasiga Gdlyan-Ivanovlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg'atish, bu jinoyatlarni O‘zbekistonda sodir etganlarini asos qilib, jinoiy ishni ko‘rib chiqishni O‘zbekiston ixtiyoriga topshirish yuzasidan SSSR Bosh prokuraturasi bilan aloqani sekin-asta uzish va bu holatga uzil-kesil barham berish vazifasi qo‘yildi . O‘zbekiston Oliy Kengashi va Mahalliy Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlarning ilgarigi davrdagi saylovlardan farqi shunda ediki, mamlakat tarixida birinchi marta ko‘pgina okruglarda saylovlar bir necha nomzodlar davogarligida o‘tkazildi. Ammo O‘zbekiston Oliy Kengashiga nomzod ko‘rsatgan 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatilmadi. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bo‘ldi, deb aytolmaymiz, nomzodi ko‘rsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi. Bu va bosha sabablar taqozosiga ko‘ra saylangan nomzodlarning 95 foizini kommunistik firqa a'zolari tashkil etdilar. «Yangi shakllangan 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashi 1-sessiyasining respublika istiqboli uchun katta ahamiyatga molik va sobiq Ittifoq doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy qarori - O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini joriy etishi bo‘ldi. 1990-yil, 24-martda respublika kompartiyasining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov - davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. U 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O‘rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tamomlagan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master yordamchisi, so‘ngra master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis konstruktorlik qildi. 1966-yildan O‘zbekiston Davlat Plan Qo‘mitasida fan vayangi texnikani joriy etish bo‘liminingbosh mutaxassisi, so‘ngra Respublika Davlat Plan qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1983- yildan O‘zbekiston Moliya vaziri, 1986-yildan O‘zbekiston Ministrlar Sovetiraisining o‘rinbosari, Respublika Davlat Plan Qo‘mitasining raisi vazifasini bajardi. 1986-yil dekabrdan Qashqadaryo viloyati partiya ko‘mitasining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan O‘zbekiston KP Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi, 1990-yil, 24-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1991 -yil, 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq u ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hamdir. I.A.Karimov 1991-yil, 31-avgustda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qildi. O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy va xalqaro maydonda erishgan muvaffaqiyatlari va yutuqlari Islom Karimov nomi bilan bog'liq.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anieyvich Karimov Oliy Kengashda O‘zbekiston xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, grajdanlar huquq va erkinliklanga kafolat berishga, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmaga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyodini bayon etdi. O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi. Chunki O‘zbekistonda va o‘sha davrdagi Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80- yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uyg'onish oxir-oqibatda dunyoning eng yirik va so‘nggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildi. Bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya rahbariyati bilan xalq ommasi o‘rtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hoi albatta boshqa jumhuriyatlarga ham ta'sir ko‘rsatdi va ular birin-ketin o‘z mustaqilliklarini e'lon qila boshladilar. 1990-yil, 21-iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun g'oyatda muhim bo`lgan tarixiy hujjatni - Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi: «O`zbekiston bugun o‘z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e'tirof etib, jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbayi xalq ekanligini e'tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o‘zigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yo‘lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta'kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi O‘zbekistonni suveren davlat deb e'lon qiladi. O‘zbekiston suveren davlati: - o‘z hududining barcha tarkibiy qismlari - yer, suv, havo, yer usti, yerosti boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutlaq egadir; - o‘z hududining barcha tarkibiy qismlarida - yerosti va yer ustida, suvda, havoda mutlaq hukmrondir: - siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va ehtiyojidan kelib chiqib - o‘zi belgilaydi; - suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha qonun va farmonlarni o‘zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o‘zi tashkil qiladi; - barcha tashqi aloqalarni o‘zi o‘rnatadi; - fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o‘zi aniqlaydi; - aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda ularning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipiga amal qiladi». Albatta, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e'lon qilinishi respublika hayotida mislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi. O‘zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O‘zbekistondagi bunday «o‘zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo‘yish chorasini izladi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq o‘tkazishning barcha choralarini ishga soldi.
O’zbek xalqining ko’p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo’lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi. Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish davri bo’ldi. O’tgan yillar ko’hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o’z o’rnimizni egallash davri bo’ldi. Bu davrda biz o’zligimizni anglab, tarixiy yo’limizni uzil-kesil tanlab oldik. Mustaqil O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iborat etib belgilandi.
Jamiyatda qonuniylikning g’alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatning bo„linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo’linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo’llarini ko’rsatib berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog’liqligini uqtiradi. Mustaqillikning tayanch nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi bo’ldi. Bu bilan davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladiki, Prezidentlik boshqaruvi shu tizimning o’zagi bo’lib qoldi. O’zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar ekan, birinchi kunlaridan boshlab, uning boshida Islom Abdug’anievich Karimov turdi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydilar. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o„tish bosh maqsad qilib qo’yilar ekan, shunga mos ravishda islohotlarni amalga oshirish ham taqozo etilar edi. Shu nuqtayi nazardan olganda davlat boshqaruvi bilan bog’liq o’zgarishlar bu boradagi eng muhim islohotlardan sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimiz kelajagi bilan bog’liq bir qator institutsional o’zgarishlar amalga oshirildi. 1991-yil 6-sentyabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi. Mustaqil O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi davlat idoralari tizimida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo’mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo’mita va statistika davlat qo’mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasi hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo’mita Makroiqtisodiyot Vazirligiga aylantirildi. Xalq xo’jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o’tish zaruriyati bilan bog’liq bo’ldi. “O’zdonmahsulot”, “O’zbekneftgaz” va boshqa ko’plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentabrida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, sobiq Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar tugatilib, yangi shakldagi qo’mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil etildi. Bu bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida o’z milliy 50 taraqqiyotiga mos, Vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv tizimi vujudga keltirildi.
1991-yil noyabrida Oliy Kengash “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 1991-yilda “O’zbekiston Respublikasi referendumi to’g’risida”gi Qonunni ham qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrida muqobillik asosida O’zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga saylovlar o’tkazildi. Konstitutsiyamiz asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun va nihoyat “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunlari o’zbek saylov qonunchiligi tizimining huquqiy asoslarini tashkil qiladi. Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi alohida qonun qabul qilinganligi saylovlarni to’g’ri tashkil qilish, saylov qonunlarining to’la ishlashiga imkoniyat yaratadi va qonunlarni nazorat qilishni kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil etish va uni o’tkazishda davlat hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini cheklaydi. Saylov to’g’risidagi qonunlarni tahlil qilsak, unda jahon saylov tajribasida erishilgan eng demokratik tartiblarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi bilan birga, O’zbekiston saylov tizimiga xos bo’lgan xususiyatlarning ham belgilanganligini ko’ramiz. Bu O’zbekiston saylov tizimigagina xos xususiyatdir. Saylov tizimini isloh qilish O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan siyosiy dasturida asoslanib, belgilangan maqsad tomon harakatning yana bir muhim bosqichi, deb tushunmoq kerak. Bizning saylov qonunchiligimiz ko„pgina xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan o’rganilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V bo’lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunga ko’ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o’zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o’zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi. 1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida”gi qonunga ko’ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo’lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis - Yangi Parlament demokratik va ko’ppartiyaviylik asosida tuzildi. Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi II chaqiriq Oliy Majlisining VII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to’g’risida umumxalq referendumi o’tkazishga qaror qilindi. Shu asosda 2002-yil 27-yanvarda o„tgan umumxalq referendumida qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentning ikki palatadan tuzilishini qo’llab-quvvatladi. 1995-yil 23-24-fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O’zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan “Adolat” sotsial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida “Vatan taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo’mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarish, qonunchilikning sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta‟sir qildi. 1997-aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi. Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo’lib, uning huquqiy holatini aniq ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir. Ushbu qonunda: “Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta‟minlashga ko’maklashish maqsadida faoliyat ko’rsatadi”, - deb ta’kidlangan. Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo’lib, u ijtimoiy manfaatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko’maklashadi. Qonun ombudsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg’unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoida-qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonparvarlik har bir kishi uchun ochiq ekanligini tasdiqlaydi. Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko’rib chiqishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda Qonun qabul qilinganga qadar ham Inson huquqlari bo’yicha vakil mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko’rsatib keldi. Jumladan, birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo’yicha vakil hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiya a’zolari 700 dan ortiq murojaatni ko’rib chiqdi. Ana shunday arizalarning tegishli qismidagi dalillar o’z tasdig’ini topgan va zarur choralar ko’rilgan. Inson huquqlari bo’yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo’yicha komissiyasining Jenevada bo’lib o’tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so’zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo„yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Evropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so’zga chiqdi. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi. Inson huquqlari bo’yicha vakil faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, O„zbekistonda huquqiy, insonparvarlik, demokratik va fuqarolik jamiyat qurilishi uchun mustahkam poydevor qo’yildi. Oliy Majlis “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to’g’risida”, “O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”, “Siyosiy partiyalar to’g’risida” qonunlarni, Mehnat kodeksi (1995), “Fuqarolik Kodeksi” (1996) (birinchi va ikkinchi qismlari) kabi ko’plab qonunlar va qarorlar qabul qildi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O„zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo’lib, saylangan deputatlardan O’zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasi “O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan “2000-2002-yillarga mo’ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustuvorlik jihatlari to„g„risida”gi hujjatni tasdiqladi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV-sessiyasida (2000-yil 14-dekabr) Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaaatida: “Yangi asr mamlakat uchun yangilanish va taraqqiyot davriga aylanishiga ishonamiz. Shu boisdan ham mustaqil yurtimizning yorug„ istiqboli uchun barchamiz hamjihat bo’lib kurashaylik. Maqsadimiz - Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxt-saodatidir”-deyilgan. Mamlakatimizda barcha sohani qamrab olgan keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 26-martda Birinchi Prezident I. Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 2000-yil 11-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9-yanvar kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari tasdiqlandi. Shu kuni Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko„rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to’g’risida qaror qabul qildi. Amaldagi Konstitutsiyada Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyatning boshlig’i qilib belgilanishi ijro etuvchi hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan tadbir deb aytish mumkin. Mamlakatimizning ijro etuvchi hokimiyatining tarkibi Prezident tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O„zbekistonda prezidentlik instituti ornatilgan dastlabki davrda Vazirlar kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. Uning 1990-yil 30-martida Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarkibi 41 kishi, ya’ni Rais, Bosh Vazir, uning ikki nafar birinchi o’rinbosari, to’rt nafar o’rinbosar, 19 nafar vazir, 14 nafar davlat qo’mitasi raislaridan iborat edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari faoliyati takomillashtirilib borildi. 1995- yil 5-mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning II sessiyasi bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to’g’risidagi Prezidentning Farmonini tasdiqlash masalasi ko’rildi va sessiyada Vazirlar Mahkamasining 35 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasi ikkinchi yig’ilishida (2000-y. 11-fevral) mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Boshqaruv tizimining boshqa bo’g’inlari ham bozor iqtisodining O’zbekistonga xos yo„liga moslashtirildi. 2007-yil 23-dekabrda muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, I.A.Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2015-yil 29-mart kuni bo’lib o’tgan navbatdagi Prezident saylovida ham I.A.Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil dekabrdan to 2016- yilning sentyabrga qadar respublikamizda prezidentlik vazifasi va vakolatlarini sidqidildan, o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan bajarib keldi. 2016 yil 8-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi parlament palatalarining qo’shma qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklandi. 2016-yil 4-dekabrda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea-O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bolib o’tdi. Saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Shavkat Miramonovich Mirziyoev 88,61 foiz ovoz olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O’zbekistonda davlat boshqaruvini to’liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta‟minlashning yana bir yo’li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi. 1990-1992-yillari O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo’lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular orasida 1992 yil 4-yanvarda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida”gi qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo’yildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog’liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O„zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari-ijroiya komitetlari tugatildi. Hokimlar huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida belgilangan. Konstitsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladi va ayni paytda shu yerdagi mansabdor shaxs hisoblanadi. Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaruvidagi yaxlit ijro hokimiyat organlari tizimi tarkibiga kiradi. SHuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun (1993-yil, sentyabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida”gi Qonun (1994-yil, may) kabi hujjatlar muhim o’rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. Oliy Majlis palatalarining 2005-yil 28-yanvardagi bo’lib o’tgan majlisida demokratik o’zgarishlar mahalliy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlamasdan turib mumkin emas deb qayd etdi. 2004-yilning 1-yanvar oyiga ko’ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140 jurnal, 4 axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298 elektron axborot vositalari ishlamoqda. So’nggi yillarda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Shulardan biri mamlakatimizda ikki palatali Parlamentga o’tish masalasi bo’ldi. Ushbu masala birinchi marotaba Oliy Majlisning sessiyasida ko’tarildi. Ikki palatali Parlamentga o’tish bo’yicha umumxalq referendumi o’tkazishga qaror qilindi. 2002-yilning 27-yanvarida umumxalq referendumi o’tkazilib, bunda O’zbekistonda ikki palatali parlamentga o’tish, Prezident vakolatini besh yildan yetti yilga uzaytirish masalalari hal qilindi. II chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002-yil dekabr) “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” qonunlar qabul qildi. 2003-yilning 24-25-aprel II chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli o’zragishlar kiritadi. Xususan, Prezident vakolatining bir qismi yuqori palata deb nomlanuvchi Senatga o’tishi belgilandi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimidan voz kechadi; Quyi palata deb nomlanuvchi Qonunchilik palatasida deputatlar doimiy ravishda ish olib boradi. Shunday qilib, O’zbekistonda professional parlamentga o’tildi. 2004-yilning 26-dekabri va 2005-yilning 9-yanvarida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining O’onunchilik palatasiga saylovlar bo’lib o’tdi. O’zbekiston fuqarolarining faol ishtiroki va mahalliy hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillarining nazoratidan o’tgan saylov natijasida qonunchilik palatasiga 120 deputatlar saylandi. Bular Xalq demokratik partiyasidan 28 nafar, Liberal-demokratik partiyasidan 41, Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan 18, Milliy tikllanish demokratik partiyasidan 11, Adolat sotsial demokratik partiyasidan 10 nafar deputatlar saylandi. 12 deputat tashabbuskor guruhlardandir. Mahalliy hokimiyat organlaridan yuqori palata Senatga har bir viloyatdan 6 nafardan jami 84 senator va 16 senator Prezident tomonidan ko’rsatilishi belgilab qo’yildi. Yuqori palata hisoblangan Senat hududiy asosda shakllantirildi. Har bir hududdan teng asosda – 6 nafardan mahalliy Kengash deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanishi belgilandi. O’zbekistonda davlat hokimiyatining huquqiy demokratik tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda, oxirgi yillardagi o„zgarishlar haqida keyingi mavzuda alohida o’rganiladi. Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda ham yangi, yuqori bosqichga ko„tarildi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999-yil, 14-aprel) O’zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berdi. Shulardan birinchi ustuvor yo’nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish ekanligini belgiladi.
Dostları ilə paylaş: |