Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə8/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

1. SO‘Z BOSHI


Fanning maqsadi va vazifalari
Фаннинг мақсади – qand lavlagi va ildizmevalilariga birlamchi ishlov berish va xom-ashyoni vaqtincha saqlash hamda qayta ishlash asoslari bo‘yicha bilim berish.
Fanning vazifasi – qand lavlagi va ildizmevalilarga birlamchi ishlov berish texnologiyasining nazariy asoslarini, qand lavlagi va boshqa ildizmevalilarni saqlash, birlamchi ishlov berish, qayta ishlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish yo‘nalishlarini belgilash, joylarda mahsulotlarga birlamchi ishlov berishning xolati, sharoitlarini va qayta ishlash jarayonini taxlil etish, yangi zamonaviy qulay va arzon texnologik usullarni joriy qilishni o‘rganish, takomillashtirish.
Fan bo‘yicha talabalar bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq qo‘qiladigan talabalar.
Bakalavr:
- qand lavlagi va ildizmevalilarga birlamchi ishlov berish ishlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
- mahsulotlarni yetilish davrida va vaqtincha saqlashda ro‘y beradigan jarayonlarni nazariy ta’riflari;
- ularni ilmiy asosda boshqarish xaqida tasavurga ega bo‘lishi kerak;
- mahsulot sifatini yanada yaxshilash;
- isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
- saqlash usullarini to‘g‘ri tanlash;
- kam chiqimli qayta ishlash texnologiyasini izlab topish va tadbiq etish;
- mahsulotlarni qadoqlashda yangi idishlardan foydlanishni bilishi va qo‘llay olishi kerak;
- xom-ashyo yetishtirish va saqlashda turli omillarning ta’siri;
- ilg‘or texnologiyaga yondashib xom-ashyoni qayta ishlashda isrof miqdorini kamaytirish yo‘llarini izlash;
- qayta ishlashni o‘rta va kichik korxonalarda amalga oshirish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘simlikshunoslik, sabzavotchilik, agrokimyo, biokimyo.
Fanni o‘qitishdagi yangi texnologiyalar
Talabalar bilimini nazorat qilishda reyting tizimidan keng foydalaniladi. Yakuniy nazorat kompyuterda olinadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin