Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi


Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə9/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalar
“Qand lavlagi va ildizmevalilarni birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fani 5620500 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi talabalariga IV – bosqich VIII semestrda o‘qitiladi. Ushbu fanni o‘qitish uchun darslik, ma’ruza matnlari va uslubiy ko‘rsatmalar mavjud.
Umumiy va o‘quv mashg‘ulotlari turlari bo‘yicha xajmi.
Fan bo‘yicha umumiy – 73 soat, shundan ma’ruza – 14 soat, laboratoriya mashg‘ulot – 28 soat, mustaqil ish – 31 soat.


ASOSIY QISM


1 - mavzu: Kirish. Qand lavlagi va ildizmevali ekinlarning qayta ishlash tarixini o‘rganish (2 soat)

Qand lavlagi va ildizmevalilarni respublikamizda yetishtiriladigan va madaniylashtirilgan navlari, ularni qayta ishlashining tarixiy va bugungi kundagi xolati, bu boradagi qabul qilinayotgan qonunlar va farmoishlar haqida ma’lumotlar beriladi


2 - mavzu: Qand lavlagi va ildizmevali ekinlarning (xo‘raki lavlagi, ozuqa uchun ishlatiladigan qand lavlagi, sholg‘om, turp, sabzi) mahsulotlariga birlamchi ishlov berishning ahamiyati, rivojlanishi (2soat)

Qand lavlagi va ildizmevali ekinlarning mahsulotlariga birlamchi ishlov berish texnologiyalari, xom-ashyoni yetishtirish, terish, tashish, vaqtincha saqlash hamda qayta ishlashda uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash usullari.


3 - mavzu: Qand lavlagini qayta ishlash korxonalariga keltirish ularning fiziko-kimyoviy tarkibi (2 soat)

Bunda daladan keltirilgan qand lavlagilarning umumiy ifloslanish (xas, turli xil o‘tlar qoldiqlari, lavlagi bargi va ildizmeva sirtidagi loy massasi) miqdori bundan tashqari, saxaroza, azotli, organik, pektin moddalartekshirish prinsiplarini o‘rganish.


4 - mavzu: Qand lavlagini kagatlarda vaqtincha saqlash davrida ro‘y beradigan jarayonlar turlari ularni, vaqtinchalik saqlashdagi o‘zgarishlarini nazorat qilish (2 soat)

Qand lavlagini vaqtinchalik saqlash maydonlariga joylashtirish tartibi, ular orasidagi yo‘laklarni tashkil etish, vaqtinchalik saqlash maydonlaridagi jarayonlarni nazorat qilish va lavlagini yuvish sexiga uzatishni tashkil etish usullari o‘rganiladi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin