Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə18/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Nazorat savollari.

  1. Ildiz mevalarga qaysilar kiradi.

  2. Qand lavlagi yetishtirishni iqlim sharoitiga bog‘liqligi.

  3. Qand lavlagiga agrotexnik ishlov berish usullari.

  4. Qand lavlagi rivojlanishini suvga bog‘liqligi.

  5. Qand lavlagi rivojlanishini va saqlanish davridagi kasalliklari.



Adabiyotlar:
1. Knyazev V.A. Priyemka i xraneniya saxarnoy sveklo‘ po Jadalnoy texnologiya. M. legkaya prom.1984
2. Bo‘riyev, R.Jo‘rayev, O.Alimov. Don masulotlarini saqlash va qayta ishlash. Darslik, T., «Menat», 1997.
3. Rasulov A. Sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T.: “O‘zbekiston”, 1980.


2-MAVZU. BOSHQA ILDIZ MEVALILAR TURLARI VA BIOLOGIK TUZILISHI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT.


Osh lavlagi. Lavlagi o‘q ildizdi bo‘lib, yumshoq yerlarda 2,5 metrgacha chuqurlikkak kirib, 50 sm atrofga taraladi.
Osh lavlagining navlari tezpisharligi, xosildorligi, ta’mi, saqlanishi, ildiz mevasining tuproqqa ko‘milish darajasi, shakli va rangi, xalqaligi va boshqa morfologik hamda biologik belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Markaziy Osiyoda asosan qo‘yidagi lavlagi navlari ekiladi.
Misr yapaloq lavlagisi. Bu nav tezpishar bo‘lib, ekilganidan keyin 90-100 kunda yetiladi. Ildiz mevasining shakli yumaloq, eti binafsha -qizil tusli. Ta’mi yaxshi, saqlanishi o‘rtacha. U asosan, erta muddatlarda ekiladi.
Bardo 237 bu nav lavlagi o‘rtapishar (110-120 kunda yetiladi), serxosil, uzoq saqlanadi. Ildiz mevasining shakli dumaloq, eti to‘q-qizil rangli (1-rasm)


1-rasm


Sabzi. Ildizlari o‘qildiz ko‘rinishida bo‘lib, yerga 2 metr chuqurlikka kiradi va 25-30 sm atrofga yoyiladi (2 – rasm) .
Sabzi
2-rasm
Sabzining navlari bir qancha morfologik hamda biologik belgilarga qarab, bir-biridan farq qiladi. Bu belgilardan eng muximi qo‘yidagilar:
Barglar to‘pbargining katta-kichikligi va shakli (tik, yarim yoyiq va yoyiq);
Barglarining rangi, kesikligi hamda tukliligi xar xil bo‘ladi. Yevropadan kelib chiqqan sabzi navlarining bargi yashil, juda kesikli, tuksiz yoki biroz tukli bo‘ladi. Osiyo navlarinning barglari kul rang-yashil yoki binafsha yashil rangli, kam kesikli v sertukligi bilan ajralib farq qiladi.
Ildizmevalarning rangi tarkibidagi pigmentning miqdoriga qarab, oq, sariq, zargaldoq, qizil yoki binafsha rang bulishi mumkin.
Ildizmevalarning shakli dumaloq, silindr yoki konussimon. Ildizmevasi dumaloq yoki silindrsimon sabzi navlari uzun, konussimon navlarga qaraganda, odatda, birmuncha tezpishar bo‘ladi. Sabzining naviga qarab ildizmevasining katta-kichikligi va vazni ham xar xil 20-30g dan 1kg gacha va undan ham ortiq bo‘ladi;
Ildizmevaning o‘zagi xar xil shaklda bo‘lib,ildizmeva diametrining 25-90 foizini ishgol etadi. Ekiladigan sabzi navlarining muxim biologik belgilari ular o‘suv davrining uzunligi (70-150 kungacha) va ildizmevalarning erkaklab hamda yorilib ketishidir. Odatda janubdan kelib chiqqan, qisqa davrda yetiladigan ildizmevalar ayniqsa, ular shimoliy tumanlarda ekilganda ular erkaklab ketadi. Tezpishadigan ertapishar navlarda ildizmevaning yorilib ketishi kuzatiladi.
Sabzi navlari tarkibidagi quruq moddalar, shakar va vitaminlarning miqdoriga qarab ham bir-biridan katta farq qiladi. Xashaki sabzi navlarining tarkibi quruq modda va sellyulozaga juda boy. Karotin sabzining to‘q sariq-qizil navlari tarkibida ko‘p. Sariq ayniqsa, oq sabzi navlarida ham karotin bo‘ladi.
Turp. (Raphanus sativus L), krestog‘uldoshlarga kiradi, o‘sishining birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat, tupbarg hamda turli shakl va rangdagi kata-kichik xar xil ildizmeva xosil qiladi, ikkinchi yili esa gul novdalar chiqaradi (3 – rasm).
Turp
3-rasm

Turp navlari ancha tezpishar ekilgandan keyin o‘rtacha 90 kunda yetiladi, serxosil, uzoq saqlanadi, mazasi juda yaxshi, tarkibida 30-40 mg% atrofida vitamin S bo‘ladi. Ildizmevasi silindrsimon (uzunligi 20-25 sm gacha bo‘ladi) yokidumaloq, rangi oq, tubining ko‘p qismi yashil bo‘ladi. Yerga chuqur botib turmaydi. Bu turp asosan yozda ekiladi. Baxorda ekilganlari erkaklab ketadi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin