Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti


O`zbek xalq pedagogikasining tarixiy



Yüklə 74 Kb.
səhifə5/6
tarix23.01.2023
ölçüsü74 Kb.
#80335
1   2   3   4   5   6
XALQ HAYOTIDAGI HODISALARGA ETNOPEDAGOGIK YONDASHUV

4. O`zbek xalq pedagogikasining tarixiy
taraqqiyot yo`li
Jamiyatning ma`naviy yetukligi, ijtimoiy ong teranligi, inson kamolotini ta`minlashda etnopedagogika asarlarning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun o`zbek xalq pedagogikasining tarixiy taraqqiyot yo`lini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadim zamonlaridayoq tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar mualliflari turli maqsadlarda folklar asarlariga murojaat etib, ularni yozib olganlar. Jumladan, Mahmud Qoshg`ariyning (XI asr) “Devoni lug`otit turk” asari shular jumlasidandir. Mazkur manbalarda pedagogik g`oyalar targ`ib etilgan. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida etnopedagogika asarlari takomil topib, bizgacha yetib keldi. Mehnat jarayonida va ongning rivojlanishi tufayli ilk etnopedagogika asarlari namunalari badiiy jihatdan mukammallashib borgan. Dastlab, kichik hajmli naql va miflar, mehnatni yengillashtiruvchi, ruhni tetiklashtiruvchi ertak va afsonalar yaratilgan, qo`shiqlar paydo bo`lgan.
Demak, o`zbek xalq pedagogikasi manbalari yozuv yuzaga kelishidan ancha oldin paydo bo`lib, yozma adabiyotning vujudga kelishiga asos bo`lgan. Qadimiy etnopedagogik manbalar bizgacha asl holida yetib kelmagan. Chunki ular ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarida o`zgarib, sayqal topib borgan. Eng qadimgi etnopedagogik manbalar miflar, jangnomalar, rivoyat, ertak, naqllar, qo`shiqlardan iborat bo`lgan.
O`rta Osiyoda feodalizm davri (XI-XX asr boshigacha) g`oyat ziddiyatli taraqqiyot bosqichi bo`lib, bu davr xususiyatlari etnopedagogika manbalariga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Ammo bu davrga xos ma`lumotlar bizgacha to`la yetib kelmagan. Mavjud taraqiqotlarda ko`rsatilishicha, eng qadimgi davrlarda miflar, rivoyatlar, aytimlar, mehnat va marosim qo`shiqlarida pedagogik fikrlar targ`ib etilgan. Ayniqsa, dostonchilik vujudga kelgach, kishilar ularda madh etiluvchi qahramonlarning tarbiyaviy sifatlaridan ruhiy madad, zavq olganlar. Yoshlar halollik, ma`naviy va jismoniy yetuklik timsolini his etganlar. Etnopedagogika manbalarining ilk yozma nusxasi O`rta Osiyoda XII asrda (“Abu Muslim” kitobi) yozilgan. XIV asrda Amir Temur o`z g`olibona yurishlarini baxshilarga doston qilib kuylashni topshirgan.
Manbalarda o`zbek dostonchiligining ilk bo`g`ini Ergash Jumanbulbul o`g`lining yetti ota-bobosi (XVI asr) aytgan dostonlarga borib taqalishi ta`kidlangan.
XVII-XVIII asrlar dostonchilik taraqqiyotida gullagan davr bo`ldi. Bu davrda “CHambil қamali”, “Rayhon arab”, “Tulumbiy”, “SHayboniyxon”, “To`lg`anoy” singari vatanparvarlik, mardlik, halollik, insonparvarlik, aqliy va jismoniy komillikni madh etuvchi asarlar, shu ruhdagi maqollar, matallar, xalq qo`shiqlari yuzaga keldi.
Rusiya bosqinchiligi davrida xalq ommasi boshiga tushgan beadad azob uqubatlar XIX asr etnopedagogika namunalarida o`z aksini topdi. Jumladan:

Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin