Ilk merkanizm talimoti va uning namoyondalari Reja



Yüklə 28,96 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü28,96 Kb.
#194328
  1   2   3
Ilk merkanizm talimoti va uning namoyondalari


Ilk merkanizm talimoti va uning namoyondalari


Reja:
1.Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
2.Merkantilizmning predmeti va uslubi.
3.Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi.
4.Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.
Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
Natural-xo‗jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi 16-asrdan 18-asrgacha bo‗lgan tarixiy davrni o‗z ichiga oladi. Bu davr merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so‗zidan kelib chiqqan – savdogar ma‘nosini anglatadi) birinchi ilmiy qarashlar tizimi hisoblanadi.
Bu ta‘limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‗ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‗lishi savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‗ldi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat harajatlarini himoya qildilar.
Bir qancha asr davomida boylikning manbai, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik deb tushnilar edi. Lekin XV asrga kelib, natural xujalikning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, Fan va madaniyatning yuksalishi, Yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Manna shu davrga kelib, Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm siyosati ta‘sirida edilar. Merkantilistlar , millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblardilar. Xukumat eksportni qonunlar bilan qo‗llab quvvatlashi, sanoatda ish haqi va resrslarga kam harajat qilishi kerak deb ta‘kidladilar. Shu usulda «qulay savdo balansiga» erishishi mumkin.
«Qulay savdo balansi» deb eksport importdan ortiq bo‗lgan vaziyat tshunilar edi. Merkantilistlarning fikricha oltin va kumush zahirasining ko‗payishi millat farovonligining o‗lchovidir.
Yevropadagi ko‗pchilik mamlakatlar qulay savdo balansiga erishish uchun o‗zga mamlakatlarni bosib olib, ular mustamlakalarni arzon ishchi kuchi va xom ashyo manbai hamda tayyor tovarlarni sotish uchun bozor deb hisoblar edilar. Masalan Angliyada Amerikadagi o‗z koloniyalarida Navigatsiya to‗g‗risida qonun qabul qilingan edi. Bu qonun koloniyalarga qalpoq, jundan to‗qilgan buyumlar, toblangan temir kabi tovarlar ishlab chiqarishni taqiqlab, Britaniya sanoatini himoya qilar edi. Qonunda Angliya xukumatidan boshqa birorta mamlakatga sotilishi mumkin bo‗lmagan «alohida tovarlar» (asosan xom ashyo) ro‗yxati bor edi

Yüklə 28,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin