"ilk qadam" dasturi asosida bolalarni


Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#124565
1   2   3   4   5   6   7
1 amaliy

Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya 
mashqlarining asosiy shakllari: 
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: 
organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika 
davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup 
og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va 
tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har 
bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus 
tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini 
faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 
yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda 
foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni 
ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha 
pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv 
sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib 
tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez 
ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan 
ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok 
yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv 
jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir 
qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar 
gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon 
aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o‘pkaning normal 
faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. 
Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki 
organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini 


yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi 
muskullarning o‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun astasekin 
sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o‘tish lozim va shu bilan bir 
qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni kupaytirish lozim.
Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, kaytarilishlar soni hisobiga, 
harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to‘xtalishlarni
kamaytirish hisobiga oshiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin