"ilk qadam" dasturi asosida bolalarni


Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#124565
1   2   3   4   5   6   7
1 amaliy

Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:  
- sog‘liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni 
yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo‘lay bo‘lgan 
sharoitlariga chidamliligini oshirish;
- shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z kuniga 
ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
- shug‘ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo‘llash uslubi
va jismoniy tarbiya asoslari bo‘yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo‘lish;
- doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va 
odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi: 
egiluvchanlikning 
rivojlanishi, 
bo‘g‘inlarning 
harakatchanligining 
rivojlantirish;
dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish;
chidamlilikni tarbiyalash;
harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish; - harakatlar 
plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.
Ritmik badantarbiya guruxlarida shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy 
rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik
darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi. 
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig‘indilari anatomik belgilari 
bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo‘l va yelka mashqlari, oyoqlar 
uchun mashqlar, gavda va bo‘yin uchun mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, 


harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan 
xolda xilma-hil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi.
Shuning uchun mashqlardagi oriyentir, ya’ni yo‘nalish olishni tezlashtirish va 
ularning yig‘indisini tuzish, yanada to‘g‘riroq tanlash uchun anatomik belgilariga 
qarab yig‘ilgan mashqlarning guruxlarining har biri ko‘prok ta’sirga ega bo‘lgan 
xususiyatlarga qarab guruxlarga bo‘linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar
egiluvchanlik uchun mashqlar, o‘z-o‘zini xoli kuyish uchun mashqlar, 
harakatlariing koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, 
irodani sinash uchun mashqlar kiradi. Bel uchun mo‘ljallangan mashqlar alohida 
guruxlarga ajratiladi, qaysini ular mashg‘ulotlarning asosiy bo‘lishini, eng og‘ir 
kismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar asosiy bo‘lib 
turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar 
mashg‘ulotlari.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin