"ilk qadam" dasturi asosida bolalarni


Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix03.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#124565
1   2   3   4   5   6   7
1 amaliy

Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi: 
-odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning 
salomatligiga oid model ko‘rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy 
yuklamalar meyorga solib turishi,
-sixat- salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun 
unga optimal darajada mashq tasir ko‘rsatuvchi tadbirlar


Ertalabki 
badantarbiya 
mashqlariga 
o‘rgatishning 
shart-
sharoitlari.Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-
nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi 
va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi 
o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi kerak. O‘rgatish oldidan 
tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-
ketligi bo‘lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi 
kerak. Ko‘pincha mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan 
o‘rgatish yullarini ishlatadi. Bunda o‘rgatish yulining modelini aniqlash 
kerak.Mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega. 
Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o‘z 
vaktida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar 
kiyinchiliklar tug‘ilsa, xatolarni to‘g‘rilashi kerak. O‘rgatish jarayonini shu tarzda 
boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni 
ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va 
tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars 
jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi 
orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional 
ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish 
yuzaga keladi.Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi 
tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida 
rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish 
qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, 
idroki susayadi.Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini 
ko‘rsatadi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina 
nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular 


toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir 
bo‘la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o‘z navbatida 
qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning 
intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi.
Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning 
shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga 
ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan 
shug‘ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib 
o‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o‘z 
ichiga yelka kamari va qo‘llarga mo‘ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va 
gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.


Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.
3. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya 
yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.
4. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014
5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 
2014. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin