5 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org August 28 th 2022 212
O‘quv dasturining uchinchi bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda
kompetensiyaviy yondashuv haqida fikrlar bildirilgan bo‘lib, 2-bandni qamrab olgan:
I.Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari bunga:
Kommunikativ kompetensiya; O‘yin kompetensiyasi; Ijtimoiy kompetensiya; Bilish
kompetensiyasi.
II.Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari ham o‘z navbatida bir necha turlarga
bo‘linadi: “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi
kompetensiyalari; “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; “Nutq, muloqot,
o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari; “Bilish jarayonining rivojlanishi”
sohasi kompetensiyalari; “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
To‘rtinchi bobi o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘z ichiga olgan bo‘lib, «O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat
talablari» asosida amalga oshirilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish haqida fikrlar
bayon etilgan.
Beshinchi bobi bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari hisoblanadi. Bolaning
rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun
individual tarzda yiliga uch marta to‘ldirilishi va 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorlik
xaritasi faqat maktabgacha ta’lim tashkilot bitiruvchilari uchungina to‘diriladi.
Oltinchi bobi rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega
bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.
Yettinchi bobi Davlat o‘quv dasturiga ilovalar ya’ni maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim
dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari
bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta’lim
sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bir qatorda, respublikamizda maktabgacha
yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olishga hamda ta’lim jarayoniga
endi kirib kelayotgan kichik yoshli bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdek
ma’suliyatli vazifani belgilab berdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyunda 1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan hamda 2018 yil sentabr oyidan
respublikamizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilib amaliyotga
tatbiq etilgan yangi “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi ta’lim jarayoniga qo‘shilayotgan kichik
yoshli bolalarning ilk qadamlarining asosiy tamoyildir.