5
th
-ICARHSE
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA
https://conferencea.org August 28
th
2022
210
“ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI SIFATLI TA’LIM VA TARBIYA
KAFOLATI
Seytmuratova Venera Shimbergenovna
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi “Ta’lim
sifatini taminlash va metodik xizmatini tashkil etish” sho‘basi metodisti
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda “Ilk Qadam” davlat o‘quv
dasturining intensiv yo‘llari va usullari haqida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga
qo‘yilayotgan davlat talablari normalaridan kelib chiqib ilmiy asosga ega bo‘lgan nazariy va
amaliy fikr mulohazalar tahlil qilib berilgan.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy ta’lim dasturi, Ta’lim texnologiyasi, Ilk Qadam, Kompetensiya,
«Men» konsepsiyasi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash maktabgacha
yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda har jihatdan
zamonaviy tizim yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada maktabgacha
ta’lim bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga
oshirilishda uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichidir.
Bolalarning qiziqishi va intilishlarini hisobga olgan holda ularga ta’lim-tarbiya berish,
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish, ongiga milliy va
umuminsoniy qadriyatlarini singdirib borish mazmunini hamda maktabgacha ta’limning
boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqilishini toqazo etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini
kompleks rivojlantirish, bolalarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihatlari
belgilab berildi. Xususan, yangi tuzilgan maktabgacha ta’lim vazirligi oldida shu soha
bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni
qamrab olishini keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intelektual, ma’naviy-estetik,
jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari
qo‘yildi.
Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturi joriy etildi.
Dasturning ahamiyati shundan iboratki, u o‘z ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni
qamrab olgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda “Ilk Qadam”
dasturining ahamiyati shundan iboratki, u bolada erkinlik hissining shakllanishida, o‘z-o‘ziga
bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, erkin ijod qila olish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
kattalarga bo‘lgan hurmat kabi xislatlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu dastur
Dostları ilə paylaş: |