Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə30/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

MTTDA MUSIQA TA’LIMI
VA TARBIYASINING MAQSAD
HAMDA VAZIFALARI
TTda musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o‘stirib, bolalarga musiqani o‘rgatish jarayonida unda hayot o‘z aksini topishini anglatishdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, musiqa mashg‘ulotlari oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy o‘quvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish lozim. Bolalarning musiqiy qobiliyatlari quyidagilardan iborat:
  • musiqiy o‘quv (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati);


  • tembr o‘quvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish);


  • ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash).


Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.


MTTda olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • bolalarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish;


  • musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil qilish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;


  • bolalarni musiqaga tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;


  • bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylash o‘rgatish va odatlantirish;


  • musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;


  • musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish;


  • musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bolalarni milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, milliy cholg‘u asboblar jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish;


  • musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, MTTda o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish.





  • Yüklə 183,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin