M
MEHNAT TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
ehnat tarbiyasi bolalarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi bolalarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Shuningdek, mehnat orqali bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularda mehnat qilish xohishini singdirib borish ham alohida ahamiyatga ega.
M
MTTDAGI MEHNAT TARBIYASINING MAZMUNI
TTda tarbiyalanuvchilarni mehnatning dastlabki asoslari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu boradagi pedagogik faoliyat tizimli tashkil etiladi. MTTda mehnat tarbiyasi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish
orqali ularga kattalar mehnati ijtimoiy-foydali, ishlab chiqarish mehnati bo‘lib, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilganligi haqida tushuncha berish, kattalar mehnati haqida aniq bilim va tasavvur hosil qilish, mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbatni uyg‘otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash kabilar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy madaniyatni yuksaltirish davlatning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish o‘munosabati bilan asosiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, bozor madaniyatini shakllantirish uchun jiddiy asos yaratildi. Iqtisodiy madaniyat rivojining asosiy omillaridan biri bo‘lgan xo‘jalik yuritish erkinligining asosi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi va ularning bab-baravar muhofaza etilishi, xususiy mulkning ham davlat muhofazasiga olinganligi belgilab berildi. Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi uchun keng yo‘l ochildi. Aholining iqtisodiy bilim saviyasi va malakasini, iqtisodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish, mehnatga bo‘lgan ijodiy yondashuvini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ularni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |