Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlari



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə29/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

19. Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlari


A
Axloqiy tarbiyaning mazmun-mohiyati

xloq (arabcha “xulq-atvor”) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.

Axloq ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Axloq – shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi. U shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg‘unlashtirish uchun ham zarur.


Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
  1. xulq-atvorni rag‘batlantirish;


  2. jazolash.


Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi.


Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy kategoriya deb ataladi.
Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi.
Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tapbiya ham o‘z diqqat-e’tiborini alohida shaxsga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Bu turdagi tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Estetik tarbiya (lot. “estezio” – go‘zallikni his etaman) – shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat, mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni.
MTTda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlar, ijobiy xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
M

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin