Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja


MTTni nazorat qilish va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkillashtirish



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə32/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

MTTni nazorat qilish va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkillashtirish
Mashg‘ulotni rejalashtirishda harakat tartibini va takroriyligini, vazifani to‘g‘ri taqsimlash va bolalarni uyushtirishning eng aniq va oqilona usullari ko‘zda tutiladi. Bunga, avvalo, yetarli harakat faolligi va mashg‘ulotlarning zichligini ta’minlash orqali erishish kerak. Mashg‘ulotlarni rejalashtirishda guruhning sharoiti, mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan jihozlarning mavjudligi hisobga olinadi. Ochiq havodagi mashg‘ulotlar mazmuni yil fasllariga, ob-havoga muvofiq ravishda tanlanadi. Mashg‘ulotni rejalashtirish va o‘tkazish usullari turlicha bo‘lib, ular asosiy harakat va o‘yin mashqlari, bir qolipdagi mashg‘ulotlardan tortib turli xildagi, ya’ni harakatli o‘yinlar, xalq o‘yinlari, estafetalar, ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Ertalabki badantarbiya, sayrdagi jismoniy mashq va o‘yinlarni mashg‘ulotlarning o‘quv materialiga muvofiqlashtirish muhim. Kunning turli paytida bolalarning harakat faolligini hisobga olish, shunga ko‘ra, harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish uchun harakat sifatlarini o‘stiradigan mashqlarning turli usullari tavsiya etiladi. Bolalarning mustaqil faoliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida o‘tadi. U har bir bolaning o‘yin va mashqlarni erkin tanlashiga harakat qiladi.
Kichik guruh (3-4 yoshli) tarbiyalanuvchilarni jismoniy rivojlantirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
  • bola harakatlarining shakllanishiga yordam berish, gavdasini tik tutishga o‘rgatish;


  • bolalarni mustaqil o‘ynayotgan paytlaridagi harakatlari faolligining barqarorlashuviga yordam berish;


  • tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilayotgan turli harakatlarga bolaning tushunib borishiga va birgalikda harakat qilishga undash;


  • bolalarni turgan joyda sakrashga ikki oyoqni juftlab sakrashga va yengil tushishga, emaklashga, tirmashib chiqishga to‘p bilan harakat qilishga, dumalatish, uloqtirishga o‘rgatish;


  • bolalarda ertalabki badantarbiyaga nisbatan qiziqish, ijobiy munosabatlarni uyg‘otish o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgatish.


Kichik yosh guruhi tarbiyalanuvchilarini asosiy harakatlarga tizimli odatlantirib borish lozim. Jumladan:


  • to‘p-to‘p bo‘lib yurish, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurish, yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket yurishga o‘rgatish;


  • tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib yuborilgan buyumni quvib yetish, ikki chiziq orasidan chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish;


  • ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga, 10-15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga o‘rgatish;


  • to‘pni bir-biriga qaratib dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum xaltachasini 1 m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l bilan irg‘itish;


  • 3-4 m masofaga emaklash 30-40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga tirmashib chiqishga o‘rgatish;


  • to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish, eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘ylab tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki emaklash, xalqadan – xalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga, shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab o‘tishga, balandlikda qo‘llarni yonga qilib turishga, aylanishga, oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish.


O‘rta guruh (4-5 yosh) bolalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlashda bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi.


Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish zarur:
  • mashg‘ulot vaqtida bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga odatlantirish;


  • narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalar yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, velosiped uchish malakasini tarkib toptirish:


  • turli tartibda saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.


Jismoniy tarbiyaga doir vazifalarni hal etish orqali tarbiyalanuvchilarda quyidagi malaka va odatlar tarkib toptiriladi:


  • badantarbiya vaqtida yurish, yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga, gavda holatini tikka tutishga erishish;


  • jismoniy sifatlarni rivojlantirish;


  • o‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda tashkil etishlariga imkoniyat yaratish;


  • bolalarda velosiped, chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida bajariladigan harakat malakalarini takomil-lashtirish;


  • jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish;


  • oyoq uchida tizzalarni baland ko‘tarib yurish, tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab yon tomonga yurish; harakat tezligi va yo‘nalishlarini o‘zgartirib safda yurish;


  • oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1,5 daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin tezlikda yugurishga o‘rgatish;


  • turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda sakrash; to‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish, dumalatish, uloqtirish, ilib olish; aylana orasidan to‘pni dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish;


  • kamida 10 m masofani emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab o‘tish; gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin bilan sudralish; to‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish;


  • to‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni urishga, og‘irligi 0,5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish;


  • uch g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish;


  • chiziq bo‘ylab muvozanat saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustida qo‘ygan holda yurish, gimnastika o‘rindiqsida bir-biri bilan almashib o‘tish, taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng o‘rindig‘ida muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib, ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar belda, yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish va boshqalar.





Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin