5
Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta
tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari misolida) bor.
Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va ular
yordamida turli mavzularda
loyihalar yaratish.
Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish.
Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non
doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha
kvadratga, qizchalar boshidagi
ro‘mol
uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo.
Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar
to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish.
Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib
turli narsalar yasashga
o‘rgatish.
Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini
o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil topgan shakl-siluetlar
hosil qilishga
o‘rgatish. Labirintlar va ularning yechimi bilan tanishtirish.