2
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING PREDMETLAR MIQDORINI IDROK QILISH
ESDA OLIB QILISHI VA TAQQOSLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
Kirish
1.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish esda olib
qilishi va taqqoslashning
oʻziga xos
xususiyatlari
2.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
3.
Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
4.
O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
5.
Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
6.
Tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish esda olib qilishi va
taqqoslashning oʻziga xos xususiyatlari
Маtematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar,
buyumlarni geometrik etalonlar bilan
taqqoslash asosida ularning
(buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi
umumiy tasavvur shakllanadi,
bunday
tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun
asos bo‘ladi. “Bolajon” tayanch dasturida
geometrik shakllar bilan
tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.
Kichik guruh
Geometrik shakl.
Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni
sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish.
Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
4
Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish.
Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari
bilan tekshirish
usullarini o‘rgatish.