18
stol ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday
geometrik shaklni zslatadi, deb so‘raydi. Tarbiyachi
“Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3—4, tadan) beriladi, ular shu rasmlar
orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan shaklga o‘xshash shaklni izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi
va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik shakllardan har xil naqshlar, o‘zlariga tanish buyumlar: uchburchaklardan
gilam, kvadrat
va doiralardan avtomobil, kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar. Katta
guruhda bolalar yangi tushuncha—“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat
haqidagi tasavvurlardan foydalanadi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi.
Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda
joylashtirishni taklif qiladi. Bu shakllar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini har qaysi kvadratda
qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini
eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan
shaklni uchburchak deyiladi, agar
shaklda 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtburchak deb atash mumkin. O‘z-larida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak
borligini so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak— kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar;
ikkala shaklni taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi
bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklar
chizishni; qog‘ozga hamma
19
tomoni teng to‘rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to‘rtburchak chizishni;
cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi buyum-larni topish va aytishni; 2 ta teng
uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik shakllarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan,masalan,
“Tavsifi bo‘yicha top”, “Kim ko‘p ko‘radi?”, “Xuddi shunday naqsh top”, “Har qaysi shaklni o‘z joyiga qo‘y”, “Shakli
bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarnio‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan
doirani, to‘g‘ri to‘rtburchakbilan
kvadratni va, nihoyat, uchburchaklar bilan
to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi.
Маshg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotnint birinchi qismida
geometrik shakllar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning
ikkinchi
qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har
xil mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik shakllar bilan bajaradigan tekshirish ishlari
sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va
20
xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi.
Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi,
bolalardan u
qanday shaklni eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz
chiziqdan hosil bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan shaklni stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif
qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatishuchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani
ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasinitopishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga — yuqoriga,
chapga, o‘ngga bir xil kengayi
Dostları ilə paylaş: