Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
25 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston 
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda 
“respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan 
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher 
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 
ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim muassasalarida 
oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab 
berilgan edi. Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim 
muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy 
taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtilgandi. [2]. 
Keling, shu oʻrinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha toʻxtalib 
oʻtamiz. 
Modul - bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir 
qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy 
mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) 
majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video 
hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat 
qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. 
Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2 - 4 
tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik 
sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-
birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis 
boʻlib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga 
joriy qila olish malakasiga ega boʻlishi talab etiladi. 
Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va 
quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi: 
- oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi; 
- talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim 
boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan talablar; 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin