Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
26 
- modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni 
maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni 
baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar; 
- oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni 
baholashning usul va shakllaridan iborat. 
Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini 
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv 
faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari 
ball berish orqali baholanadi. 
Kredit (credit) - talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha 
fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining 
(vaqtning) oʻlchov birligidir. Kredit - talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan
odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun 
ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan 
topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi. 
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha 
diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit 
talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha 
oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan 
kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi. 
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov 
fanlarini tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok 
etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʻqituvchilarni ham 
tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy 
hol sanaladi. Bu oʻquv jarayonlarini baholashning oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi 
boʻlib ham hisoblanadi. [4]. 
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan 
boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik 
yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin