“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 248
kamsitib nafratlanarlar. Ul kishi hamon hamshiralarimizning erlar ila musohabasi,
tunlarda ko‘chalarda progulkalari deb mufassal suratda bayon qilib tutash-tutashmiz
deb ovuzlarini suvlatib gazetag‘a to‘ldirurlar. Shul voqealarni ko‘rub, bir xil
gazetalarni o‘qimoqdin vijdonim meni qaytardi”. Tavallo bu kabi oldi-qochdi
fikrlardan iborat maqolalar yozib yurishni zamondan ortda qolmoqlik sifatida
baholaydi. Millatning qiyofasiga noto‘g‘ri yondashuvli, majhul bo‘lgan fikrlarga
tayanib yozilgan maqolalarni, bu kabi mavzularni yoritgan gazetlarni o‘qishni o‘ziga
ep ko‘rmagani holda, boshqalargada o‘qishni maslahat bermaydi. “Bilmasmanki, endi
qaysi gazetani o‘qimoqni va qaysi gazetaga hasbi-holimizni yetushmaganliklaridin
yozub, millatga xizmat etmog‘imni
deb, boshim qotub, o‘ylab, “Qaysi yerni o‘tin
o‘tlasang, shul yerni suvini suvla”, degan qozoq maqoli esimga tushib ketib, ushbu
“Turkiston viloyatining gazetasi”n o‘qimoqni ham o‘z birodarlarimg‘a tavsiya
etmoqni vojib darajada bilib, ko‘nglum shul fikrni muqarrar qilib, tatar
qarindoshlarimizga ham Ollohdin insof tilab qoldum”. Tavallo “sart” ifodasiga,
gazetalarda chiqadigan maqolalarda millatning qiyofasi to‘liq ochib berilmasdan,
aksincha bir tomonlama talqin etilayotganiga keskin e’tiroz bildiradi. Eng muhimi, bu
e’tirozlarni ham turkona uslubda bayon etadi. “Ot aylanub qozig‘in topar” kabi
o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan, qozoq xalqining esa: “Qaysi yerni o‘tin o‘tlasang, shul
yerni suvini suvla” kabi maqollaridan foydalanishining o‘ziyoq uslubdagi
xalqonalikni, soddalik va ravonlikni ko‘rsatib beradi. Ayni shu maqolaning o‘zidayoq
ruscha so‘zlarning ham xalq talaffuziga moslangani kuzatiladi. Orenburgni
O‘runburg‘ tarzida yozilgani N.Afoqova ta’kidlagan turkona uslubga xos so‘z
shaklini o‘zgartirish elementining ham uchrashini namoyon etadi. Bu kabi holatlaring
barchasida turkona uslub qirralari bo‘rtib turgani holda, ijodkorning xususiy uslub
belgisiga aylana boradi. Qaysidir ma’noda publitsistik asarlarda maqollardan
foydalanish jadid adabiyotining uslubiy ziynatiga aylangan edi deyish mumkin. Juda
ko‘plab ijodkorlar publitsistikasida ayni shu uslubiy ziynatga guvoh bo‘lganimiz
holda, ulardan foydalanishda uslubiy individuallikni kuzatamiz.
Tavallo publitsistikasida asosiy g‘oyalarning undash, chaqiriq, da’vat kabi
mazmunda aks etishi ham uning uslubiga xos eng muhim elementlardan biridir.