Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
249 
Ijodkor millat degan tushunchani nihoyatda yuksak baholagani holda millat taraqqiysi 
yo‘lida barchani ilm-u ma’rifat ketidan quvmoqqa, o‘tkinchi, keraksiz illatlardan 
chekingani holda o‘zligini anglashga chaqiradi: Agarda bizlar ham o‘z ona tilimizda 
bo‘lg‘on bir dona majalla va gazetamizni boshqa millat bolalari kabi tirishub o‘qusak 
edi, bizlarg‘a ham o‘nlab, yigirmalab gazit, jurnal vujudg‘a kelur edi. Boylarimiz 
ham majalla va gazeta nasihati va tanqidini tinglab, aziz bolalari uchun qayg‘urub 
bid’at ishlara qiladurgon behuda sarflarin qo‘yub, millat taraqqiysig‘a cholishurlar 
edi. Ulamolarimiz-da majalla va g‘azeta sababila ahvol va ijobi zamondan xabardor 
bo‘lib, millatg‘a, zamonga xizmat qilur edilar, insof edingiz... Muallif millat 
taraqqiysining omili bo‘lgan jurnal va gazeta chop etishga boylarni undar ekan, insof 
etingiz chaqirig‘i bilan o‘z fikrini yakunlaydi. Bu kabi fikrlar Tavallo 
publitsistikasida yetakchilik qiladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, chaqiriq
da’vatlar uning maqolalari badiiyatini faqatgina shundan iborat qilib qo‘ymaydi, yoki 
badiiylikni pasaytirmaydi. Zero, Tavallo publitsistikasiga xos bo‘lgan eng dastlabki 
belgi uning maqolalari, eng avvalo, badiiy publitsistik maqolalardir. U ijodkor 
sifatida o‘z maqolalarini she’riy misralar bilan boyitadi, fikrlari tasdig‘i o‘laroq 
hazrat Navoiy g‘azaliyotiga, xalq hikmatlariga ko‘p bora murojaat etadi. Chunonchi, 

Ответ Джaнbaеву
” maqolasida ayni hazrat Navoiy lirikasidan hamda xalq 
hajviyalaridan unumli foydalangani holda o‘z uslubini ziynatlaydi. Jumladan, 
“Djanbayev” (Jonboy)ning ismini Nasriddin Afandi haqidagi latifalar asnosida hajv 
ostiga oladi: Endi meni so‘zimni qabul qilsangiz, har kim ilan javob raddiya 
yozishmasdin
 
burun otingizni va otangiz ismini to‘g‘rilab olganingiz yaxshi bo‘lur 
edi. Manimcha, Jonboy o‘rniga Jonmuhammad qo‘yingiz. Ul vaqtda Mullo Nasriddin 
Afandi laklakni tutib, oyog‘in-tumshug‘in qirqib, emdi qushga o‘xshading degandek 
bo‘lsa, ajab emas. Ey muhtaram muallim afandi, har narsa yozganingizda o‘ylabroq 
yozing, eslamay so‘zlagan esnamay o‘ladi, maqolig‘a o‘xshab ketmasun. Ko‘rinib 
turibdiki, nafaqat latifadan, xalq maqolidan ham unumli foydalangani holda 
badiiyatni yanada ko‘rkamlashuviga erishadi, qolaversa, ularni hajv, kinoya, achchiq-
kesatiq jarayonida mahorat bilan qo‘llagani holda uslubiy mukammallikni, butunlikni 
ta’minlashga harakat qiladi. 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin